Malinali desert
Masalliqlar:
-
360 gramm shakar
-
100 millilitr suv
-
60 gramm makkajo'xori kraxmali
-
400-500 millilitr malina sharbatiyoki boshqa xohlaganingizdan ishlating
-
2 osh qoshiq limon sharbati
-
100 gramm har xil yong'oqlarkeshyu, bodom, funduk
-
bir-ikki tomchi oziq-ovqat bo'yog'i
Yo’nalishlar
Malinadan tayyorlaniladigan yorqin rangli desertni har xil shaklli qolipchalarga quyib tayyorlasangiz, oilangizning jajji a’zolarini juda quvontirasiz.
Jelesimon bu shirinlik tadbirlarda ham dasturxoningizga ko’rk bag’ishlashi aniq.
Tayyorlaniladigan shirinlikka taxminan 8 000 so’m pul sarflaniladi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
360 gramm shakar | |
100 millilitr suv | |
60 gramm makkajo'xori kraxmali | |
400-500 millilitr malina sharbati | |
2 osh qoshiq limon sharbati | |
100 gramm har xil yong'oqlar | |
bir-ikki tomchi oziq-ovqat bo'yog'i |
Qozonchaga shakar va suvni solib aralashtiramiz, ustidan 1 osh qoshiq limon sharbatini ham solamiz.
Aralashmani o'rta olovda qaynash darajasiga keltiramiz.
Qiyomni tayyor bo'lganini tekshiramiz: Muzdek suvga choy qoshiq bilan qiyomdan solamiz, u sharsimon bo'lib qotib qolsa, demak tayyor hisoblanadi.
Gaz ustidan olib, chetga qo'yamiz.
Kraxmalni muzdek sharbat bilan aralashtirib, qolgan limon sharbati ham solinadi.
So'ng uni olib gazga qo'yamiz va past olovda quyuqlashguniga qadar aralashtirib qaynatamiz. Bunda bizlarga 15 daqiqa vaqt sarflanildi.
Shakarli qiyomni kraxmalli aralashma ustidan solamiz.
Gaz plitasidan olmay, yaxshilab aralashtirib turamiz.
Qiyomni 20 daqiqa past olovda qaynatamiz va yong'oq va iste'mol bo'yog'idan solamiz.
To'rtburchak qolipga oziq-ovqat pelyonkasidan to'shab, ichiga quyamiz va 6 soat yoki bir kecha qotishi uchun xona haroratida qoldiramiz.
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
360 gramm shakar | |
100 millilitr suv | |
60 gramm makkajo'xori kraxmali | |
400-500 millilitr malina sharbati | |
2 osh qoshiq limon sharbati | |
100 gramm har xil yong'oqlar | |
bir-ikki tomchi oziq-ovqat bo'yog'i |