fbpx
  • Asosiy
  • Mak solib pishirilgan glyutensiz limonli keks
Mak solib pishirilgan glyutensiz limonli keks

Mak solib pishirilgan glyutensiz limonli keks

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Bu glyutensiz keks juda mayin va limon ta’miga to’yintirilgan bo’lib, salomatligiga e’tibor beruvchilar uchun ajoyib yegulik bo’la oladi.

Tayyorlaniladigan taom 100 grammining taxminiy ozuqaviy qiymati: 215,8 kKal bo’lib, oqsillar — 7,02 gr, yog’lar — 5,72 gr, uglevodlar — 34,89 gr.

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 30 000 so’m pul sarflaniladi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

250 gramm suli parchalari
4 ta tuxum
255 gramm asal
285 gramm qatiq
60 gramm limon sharbati
30 gramm mak
2 choy qoshiq qirilgan limon po'sti
bir chimdim tuz
2 ¼ choy qoshiq qabartma
Qadam 1
Tugallandi

Gaz pechini 170 C darajaga yoqamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Suli parchalarini blender idishiga solib, kukunsimon holatga kirgunicha maydalaymiz.

Qadam 3
Tugallandi

Tog'orachaga tuxumlarni chaqib solamiz, sanchiq yoki mikser yordamida ko'pirtirib olamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Ustidan qatiqni solib aralashtiramiz.

Qadam 5
Tugallandi

So'ng limon po'sti va sharbati, asal solib aralashtirib olamiz.

Qadam 6
Tugallandi

So'ng suli yormasi, tuz va qabartmani solib aralashtirib olamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Qolipga o'simlik yog'i yoki sariyog'dan surtamiz. Bizlar 948 hajmdagi qolipdan foydalandik, u 20 x 10 x 6 sm kattalikda.

Qadam 8
Tugallandi

Xamirni qolipga quyamiz va 170 C darajada qizdirilgan gaz pechida 40-45 daqiqa pishirib olamiz.

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

250 gramm suli parchalari
4 ta tuxum
255 gramm asal
285 gramm qatiq
60 gramm limon sharbati
30 gramm mak
2 choy qoshiq qirilgan limon po'sti
bir chimdim tuz
2 ¼ choy qoshiq qabartma
oldingi
Gaz pechida pishirilgan tovuq
keyingi
Cho’zma lag’mon

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.