fbpx
Limon va zaytun mevasi qo’shib pishirilgan tovuq

Limon va zaytun mevasi qo’shib pishirilgan tovuq

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Tovuq va limon – bu ajoyib uyg’unlik bo’lib, tayyor taom nordongina ta’m kasb etadi. Tayyorlashning oddiyligi esa barcha uy bekalarini birdek quvontiradi.

Taomni bir necha soatga marinadlab qo’yib, bemalol boshqa ishlarimiz bilan shug’ullanishimiz mumkin bo’ladi.

Masalliqlar:

Portsiya:
6 ta tovuq oyoqchalari
3 ta limon
100 gramm zaytun mevasi
70 gramm zaytun moyi
1 bosh sarimsoqpiyoz
ta'bga qarab qora murch
ta'bga qarab tuz
1 choy qoshiq timyan xohishga qarab
Qadam 1
Tugallandi

Limonlarni yuvib, qog'oz sochiqda artib olamiz.

Bitta limon po'stini qirg'ichadan chiqarib olamiz va sharbatini ham siqib olamiz.

Qolgan limonlarni 6 ta bo'laklarga bo'lamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Limon po'sti va sharbatini aralashtiramiz, ustidan zaytun yog'i, qora murch va tuz solamiz.

Aralashtirib chetga olib qo'yamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Tovuq oyoqchalarini olib yuvamiz, quritib pishiriq qolipimizga solamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Sarimsoqpiyozni tishchalarga bo'lamiz va har birini pichoq bilan oz-ozdan ezib chiqamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Sarimsoqpiyoz, limon va timyanni ham tovuq ustidan solamiz.

Oldindan tayyorlab qo'yilgan marinadni tovuqning ustidan quyamiz.

Idishimizni ustini yelim qog'zo bilan yopamiz va 1.5 - 2 soatga sovutgichga qo'yamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Gaz pechini 200 C ga qizdiramiz.

Sovutgichdan taomimizni olamiz va gaz pechiga qo'yamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Zaytun mevasini ortiqcha suvidan xalos etamiz.

Gaz pechiga 25 daqiqa turgan tovug'imizni olamiz, ustidan zaytun mevalarini sepamiz.

Yana gaz pechiga qo'yib, 20-25 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Qadam 8
Tugallandi

Tayyor taomni issiqligida dasturxonga tortamiz. Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • Portsiya 6
  • Oddiy
  • 200 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
6 ta tovuq oyoqchalari
3 ta limon
100 gramm zaytun mevasi
70 gramm zaytun moyi
1 bosh sarimsoqpiyoz
ta'bga qarab qora murch
ta'bga qarab tuz
1 choy qoshiq timyan xohishga qarab
oldingi
Videoretsept: Vanil-shokoladli pechenye
keyingi
Stuzicco kafesidan retsept: Lazanya Bolonyeze

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.