Kunjutli pechenye
Masalliqlar:
-
160 gramm kunjut
-
120 gramm shakar
-
70 gramm un
-
60 gramm yumshatilgan sariyog'
-
1 ta tuxum
-
bir chimdim tuz
-
1 choy qoshiq qabartma
-
1 choy qoshiq vanil
Yo’nalishlar
Bugun bizlar sizning xonadoningizga kunjutli, yupqa va qarsildoq pechenye bilan tashrif buyurdik.
Unda kalsiyga juda boy bo’lgan kunjut miqdori juda ham ko’pdir.
Maslahat: pishirish jaryonida pechenyelar yoyilib ketadi, shu sabab ham ular orasida yetarlicha ochiq joy qoldirish kerak.
Tayyorlaniladigan shirinlikka taxminan 17 000 so’m pul sarflaniladi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
160 gramm kunjut | |
120 gramm shakar | |
70 gramm un | |
60 gramm yumshatilgan sariyog' | |
1 ta tuxum | |
bir chimdim tuz | |
1 choy qoshiq qabartma | |
1 choy qoshiq vanil |
Un, qabartma va tuzni elab olamiz.
Yumshagan sariyog'ga vanilin va shakarni solib, mikserda aralashtirib olamiz. Ustidan tuxumni solib, oqarguniga qadar yaxshilab ko'pirtirib olamiz.
Elab olingan unni aralashma ustidan solib aralashtiramiz va kunjutni ham solamiz. Qoshiq yordamida yaxshilab aralashtirib olamiz.
Patnisga pwrgament qog'ozdan to'shab, xamirdan bir qoshiqdan solib chiqamiz. Bunda ularning orasida 5 sm dan joy qolishi kerak, chunki pishish jarayonida pechenyelar yoyilib ketadi.
Qo'limizni namlab, pechenyelarga shakl beramiz. Xohishga qarab, ustiga yana kunjutdan sepish ham mumkin.
Pechenyelarni 180 C darajada qizdirilgan gaz pechida 7-9 daqiqs davomida pishirib olamiz. Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.