fbpx
«Kivi-apelsin» limonadi

«Kivi-apelsin» limonadi

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Yozning chillasida juda asqotuvchi yaxna limonaddan tayyorlab koʻrishni tavsiya qilamiz. Bunday ichimlik noodatiy ta’mi va ajoyib koʻrinishi bilan barchaga yoqadi.

Shuningdek bu limonad С guruh vitaminiga boyligi sabab ham juda foydalidir.

Tayyorlaniladigan ichimlikka taxminan 27 000 soʻm sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

4-5 ta kivi
1 ta olma
2 ta apelsin
2 ta limon
1 bogʻ yalpiz
2 litr suv
6 osh qoshiq shakar
Qadam 1
Tugallandi

Limon va apelsinni sharbatini siqib, qozonchaga quyamiz. Qolgan mevalarni poʻstini archib, mayda toʻrtburchak qilib toʻgʻraymiz va qozonchaga sharbatlarning ustidan solamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Yalpizni bogʻi bilan solamiz va gazga qoʻyib, qaynash boshlaganidan 5 daqiqa davomida qaynatamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Suyuqlikni doka roʻmoldan chiqarib, yana qozonchaga quyamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Shakarni solib, gazga qoʻyamiz va shakar erigunga qadar qaynatamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Ichimlikni sovutib, limon, apelsin, kivi va xohishga qarab, muz boʻlakchalari bilan birga dasturxonga tortamiz.

Yoqimli ishtaha!

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

4-5 ta kivi
1 ta olma
2 ta apelsin
2 ta limon
1 bogʻ yalpiz
2 litr suv
6 osh qoshiq shakar
oldingi
Tvorogli maffinlar
keyingi
Pishloqli pechenyelar

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.