fbpx
Kichik superqahramon uchun nonushta. Uchta retsept

Kichik superqahramon uchun nonushta. Uchta retsept

Masalliqlar:

  • omlet

  • Sabzavotli oladyalar

  • Banan va suli yormasili bo'tqa

Yo’nalishlar

Har tong onalarning oldida juda muhim topshiriq turadi «Bola nonushtani yeyishini ta’minlash». Axir nonushta – eng asosiy taomlardan biridir.

Agar kichkintoylar ular uchun mehr bilan tayyorlangan nonushtani yeb qo’yishsa nur ustiga a’lo nur bo’lar edi. Ammo hayotda buning aksi. Bolalar foydali bo’tqa, mevalar o’rniga, zararli fast-foodlarni afzal ko’rishadi.

Balki bolalarga odatiy taomlarni iste’mol qilish zerikarli tuyular? Shunday ekan biz sizlarga taomnomaga xilma-xillik kiritishingizni maslahat beramiz.

Bugun sizlarga bolalarga mos keladiga 3 xil nonushtani taqdim etamiz.

Masalliqlar:

Portsiya:
omlet
3 ta tuxum
200 millilitr sut
bir chimdim tuz
2 choy qoshiq un
qolipni yog'lash uchun yumshatilgan sariyog'
Sabzavotli oladyalar
150 gramm qovoqcha
100 gramm sabzi
1 ta tuxum
2-3 osh qoshiq un
ta'bga ko'ra tuz
2 osh qoshiq tabiiy yogurt yoki smetna bezak uchun
hoxushga ko'ra istalgan ko'katlar bezak uchun
Banan va suli yormasili bo'tqa
40 gramm suli yormasi
150 millilitr suv
150 millilitr sut
bir chimdim tuz
ta'bga ko'ra shakar
1 ta banan
1 osh qoshiq quyuq asal
20 gramm maydalangan yong'oq
Qadam 1
Tugallandi

Qadimiy usulda pishirilgan omlet:

Idishga tuxum chaqib, sanchqi yoki venchik yordamida aralashtiramiz.

Qadam 2
Tugallandi

Alohida idishda un, tuz va ozroq sutni aralashtiramiz. Qumoqlar qolmasligi uchun yaxshilab aralashtiramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Hosil bo'lgan unli aralashmani tuxumga solib, qolgan sutni ham solamiz va aralashtiramiz.

Qadam 4
Tugallandi

Toblatma uchun qolipni yog'lab, unga aralashmani solamiz. Biz bir nechta kichik qoliplardan foydalandik, siz bitta katta qolipdan foydalanishingiz mumkin.

175 C darajada qizdirilgan gaz pechiga 30-40 daqiqaga yuboramiz.

Qadam 5
Tugallandi

Sabzavotli oladyalar:

Qovoqcha va sabzini qirg'ichdan o'tkazamiz.

Qovoqchani ozroq tuzlab 5-7 daqiqaga qoldiramiz, so'ngra qovoqchadan chiqqan suvdan siqib olamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Sabzi va qovoqchani aralashtirib, tuxum va un qo'shamiz va aralashtiramiz.

Qadam 7
Tugallandi

Pergament qog'ozi yoki silikonli gilamcha bilan qoplangan gaz pechi patnisiga qoshiqda xamirni quyib chiqamiz. Qo'lda oladya shaklini beramiz.

180 C darajada qizdirilgan gaz pechida har bir tarafini 7-8 daqiqadan pishiramiz.

Smetanani ko'katlar bilan aralashtiramiz va oladya bilan birga dasturxonga tortamiz.

Qadam 8
Tugallandi

Banan va suli yormasili bo'tqa:

Yormani idishga solib, suv va sut quyamiz. Aralashtirib turgan holda o'rtacha olovda idish ichidagi massani qaynatamiz. Ta'bga ko'ra tuz va shakar solamiz.

Qadam 9
Tugallandi

O'rtacha olovda yorma yorlig'ida ko'rsatilganiday pishiramiz. Tayyor bo'lgan bo'tqani olovdan olib, qopqog'ini yopamiz va 2-3 daqiqa tindiramiz.

Qadam 10
Tugallandi

Bananni sanchqi yordamida yaxshilab ezamiz. Bezak uchun bir nechta bo'lakchalar kesib olib qo'ysa ham bo'ladi.

Ezilgan bananlarni issiq bo'tqaga yaxshilab aralashtiramiz.

Qadam 11
Tugallandi

Bo'tqani idishga solib, banan bilan bezak beramiz, yong'oq sepamiz va asal quyamiz.

Yoqimli ishtaha!

Qadam 12
Tugallandi

Homiy Invento bolalar bog'chasi (Invento International School)


Instagram https://www.instagram.com/inventouz/

Sayt http://invento.uz/ru/admission/

reklama huquqi asosida

  • Portsiya 2
  • Oddiy

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
omlet
3 ta tuxum
200 millilitr sut
bir chimdim tuz
2 choy qoshiq un
qolipni yog'lash uchun yumshatilgan sariyog'
Sabzavotli oladyalar
150 gramm qovoqcha
100 gramm sabzi
1 ta tuxum
2-3 osh qoshiq un
ta'bga ko'ra tuz
2 osh qoshiq tabiiy yogurt yoki smetna bezak uchun
hoxushga ko'ra istalgan ko'katlar bezak uchun
Banan va suli yormasili bo'tqa
40 gramm suli yormasi
150 millilitr suv
150 millilitr sut
bir chimdim tuz
ta'bga ko'ra shakar
1 ta banan
1 osh qoshiq quyuq asal
20 gramm maydalangan yong'oq
oldingi
Sabzavotli somsa
keyingi
Videoretsept: shokoladli muss

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.