Kesma-lag’mon
Masalliqlar:
-
500 gramm un
-
230 millilitr iliq suv
-
15 gramm tuz
-
1 ta tuxum
-
1 tadan har xil rangli bulg'or qalampiri
-
400 gramm mol go'shti
-
250 gramm piyoz
-
30 millilitr soya qaylasi
-
8-10 ta pekin karami bargi
-
250 gramm pomidor
-
2 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
-
seldrey shoxchalari
-
100 gramm pomidor pastasi
-
ta'bga ko'ra maydalangan zanjabil
-
ta'bga ko'ra maydalangan arpabodiyon
-
ta'bga ko'ra maydalangan badyan
-
ta'bga ko'ra tuz va murch
Yo’nalishlar
Barchamiz lag’mon taomi bilan yaxshi tanishmiz, qolaversa ushbu mazali taom tayyorlanishining turli xil usullarini bilamiz. Shunday usullarning biri – bu Kesma-lag’mon.
Ushbu taomning o’zgachaligi xamirini oson tayyorlanishida. Qaylasiga solinadigan sabzavot va ko’katlarni esa o’z hoxushingizga ko’ra almashtirishingiz mumkin.
Tayyor taomning taxminiy narxi – 65 000 so’m. *
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
Masalliqlar:
500 gramm un | |
230 millilitr iliq suv | |
15 gramm tuz | |
1 ta tuxum | |
1 tadan har xil rangli bulg'or qalampiri | |
400 gramm mol go'shti | |
250 gramm piyoz | |
30 millilitr soya qaylasi | |
8-10 ta pekin karami bargi | |
250 gramm pomidor | |
2 ta sarimsoqpiyoz tishchasi | |
seldrey shoxchalari | |
100 gramm pomidor pastasi | |
ta'bga ko'ra maydalangan zanjabil | |
ta'bga ko'ra maydalangan arpabodiyon | |
ta'bga ko'ra maydalangan badyan | |
ta'bga ko'ra tuz va murch |
Tuzli suv, tuxum va un solib, xamir qoramiz va paketga solib, 15-20 daqiqaga tindirib qo'yamiz. Va har 5-6 daqiqada mushtlab turamiz.
Go'shtni yupqa bo'laklarga bo'lib, soya qaylasi bilan 15 daqiqaga marinadlab qo'yamiz.
Barcha sabzavotlarni to'rtburchak shaklida to'g'raymiz, sarimsoqpiyozni maydalaymiz, seldrey shoxchalarini qattiq joyini kesib olamiz, barglarini esa bezak uchun olib qo'yamiz.
Katta idishga o'simlik yog'ini quyib, qizdiramiz. Go'shtdan ortiqcha soyani to'kib tashlab, idishga qovurishga qo'yamiz. 5 daqiqa qovurib, so'ngra 100 ml sovuq suv solamiz. So'ngra o'rtacha olovda barcha suv bug'langunicha pishiramiz.
Piyoz, barcha ziravorlar va pomidor pastasini solamiz. 5 daqiqa qovuramiz. So'ngra pekin karamini solib, 7 daqiqadan so'ng bulg'or qalampirini solamiz. Yana ziravorlar solib, orqasidan pomidor, sarimsoqpiyoz va seldrey solamiz. Suv solib (2 litr) tayyor bo'lgunicha pishiramiz (taxminan 25-30 daqiqa).
Masalliqlar:
500 gramm un | |
230 millilitr iliq suv | |
15 gramm tuz | |
1 ta tuxum | |
1 tadan har xil rangli bulg'or qalampiri | |
400 gramm mol go'shti | |
250 gramm piyoz | |
30 millilitr soya qaylasi | |
8-10 ta pekin karami bargi | |
250 gramm pomidor | |
2 ta sarimsoqpiyoz tishchasi | |
seldrey shoxchalari | |
100 gramm pomidor pastasi | |
ta'bga ko'ra maydalangan zanjabil | |
ta'bga ko'ra maydalangan arpabodiyon | |
ta'bga ko'ra maydalangan badyan | |
ta'bga ko'ra tuz va murch |