fbpx
Kefirda qorilgan xamirdan tovuqli pirojkalar

Kefirda qorilgan xamirdan tovuqli pirojkalar

Masalliqlar:

  • Xamiriga:

  • Asosiga:

Yo’nalishlar

Kefirda qoriladigan xamir juda yumshoq va yaxshigina shishib pishadi. Asos sifatida esa xohlagan masalliqlardan solishingiz mumkin.

Bugun esa bizlar unga tovuq va pishloq solib pishirishga qaror qildik.

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 30 000 so’m sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

Portsiya:
Xamiriga:
400 gramm un
11 gramm quruq xamirturush
yarim choy qoshiq tuz
1 choy qoshiq shakar
200 millilitr kefir
100 millilitr o'simlik yog'i
Asosiga:
100 gramm piyoz
500 gramm tovuq go'shti (lahm)
70 gramm qattiq pishloq
qovurish uchun o'simlik yog'i
ta'bga qarab tuz va murch
ustiga surtish uchun sut va tuxum sarig'i
Qadam 1
Tugallandi

Chuqurroq idishga un, xamirturush, shakar va tuzni solamiz. Kefirni 35-38 darajada qizdirib olamiz (mikroto'lqinli pechda bir necha soniya).

O'simlik yog'i va kefirni ham unning ustidan quyamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Qo'lda yumshoqqina xamir qorib olamiz, ustini sochiq bilan yopib, yarim soatga iliq joyga olib qo'yamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Xamir oshgunga qadar, asosini tayyorlab olamiz. Buning uchun piyozni mayin to'g'rab, tovaga solamiz va yumshaguniga qadar qovuramiz.

Tovuq go'shtini go'shtqiymalagichdan chiqarib olamiz, piyoz ustidan solamiz. Tuz va murch sepib, aralashtirib olamiz.

Qadam 4
Tugallandi

2-3 daqiqa go'sht oqarguniga qadar qovurib olamiz va gazdan olamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Pishloqni qirg'ichdan chiqaramiz va sovigan qiyma ustidan solamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Xamir 2-2.5 martaga oshadi. Uni qayta mushtlash kerak emas.

Qadam 7
Tugallandi

Xamirni 12 ta bo'lakchalarga bo'lamiz va har birini 0.5 sm qalinlikdagi, aylana shaklda yoyib chiqamiz.

1 osh qoshiqdan qiymali aralashmadan solib, ikkita tomonini bir-biriga yopishtiramiz.

Chokli tomonini pastga qilib, pergament qog'oz to'shalgan patnisga terib chiqamiz.

Qadam 8
Tugallandi

Pirojkalarni ustiga tuxum sarig'i va ozroq sut aralashmasidan surtamiz va 180 C darajada qizdirilgan pechda 20 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • 1 soat 20 daqiqa
  • Portsiya 12
  • O’rtacha
  • 180 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
Xamiriga:
400 gramm un
11 gramm quruq xamirturush
yarim choy qoshiq tuz
1 choy qoshiq shakar
200 millilitr kefir
100 millilitr o'simlik yog'i
Asosiga:
100 gramm piyoz
500 gramm tovuq go'shti (lahm)
70 gramm qattiq pishloq
qovurish uchun o'simlik yog'i
ta'bga qarab tuz va murch
ustiga surtish uchun sut va tuxum sarig'i
oldingi
Konservalangan loviya va makkajo’xorili salat
keyingi
Limon po’sti solib pishirilgan tvorogli kekslar

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.