fbpx
Kefirda qilingan go’shtli pirojkalar (kibinay)

Kefirda qilingan go’shtli pirojkalar (kibinay)

Masalliqlar:

  • Xamiri:

  • Asosiga:

Yo’nalishlar

Agarda bo’sh vaqtingiz juda kam bo’lsa-yu, ammo to’yimli va shu bilan birga mazali yegulik tayyorlashni istasangiz, unda mana bunday pishiriqlardan tayyorlab ko’ring.

Oddiy masalliqlardan tayyorlanilishiga qaramay, uning xamiri juda mayin bo’lin chiqadi.

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 31 000 so’m sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

Xamiri:
460-480 gramm un
250 millilitr kefir
1 choy qoshiq tuz
120 gramm margarin yoki sariyog'
1 ta tuxum
Asosiga:
350 gramm mol go'shtidan qiyma
2 ta piyoz
ta'bga qarab tuz va murch
2 osh qoshiq o'simlik yog'i
100 millilitr suv
ustiga surtish uchun tuxum sarig'i
Qadam 1
Tugallandi

Xamirini tayyorlab olamiz:

Kattaroq tog'orachaga unni elab solamiz, tuz sepamiz va sariyog'ni ham qirg'ichdan chiqarib solamiz. Qo'lda yaxshilab aralashtiramiz.

Qadam 2
Tugallandi

Tuxum va kefirni solib, xamir qorib olamiz.

Xamirni stol ustida taxminan ikki daqiqa mushtlab olamiz.

Qadam 3
Tugallandi

So'ng yelim xaltaga solib, 20-30 daqiqa sovutgichga olib qo'yamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Asosiga:

Piyozni mayda to'g'rab, qiyma ustidan solamiz. Tuz va murch sepib, o'simlik yog'i va suv quyamiz. Aralashtirib olamiz. Qiyma sersuv bo'lishi shart.

Qadam 5
Tugallandi

Tingan xamirni 16-18 ta teng bo'lakka bo'lamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Har bir xamir bo'lagini 3 mm qalinlikda, aylana shaklda yoyib olamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Xamir bo'laklariga 1,5 osh qoshiqdan qiyma solib chiqamiz va xohishga qarab tugamiz.

Qadam 8
Tugallandi

Pirojkalar ustiga tuxum sarig'i surtib, 180 C darajada qizigan pechda 40-45 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Xamiri:
460-480 gramm un
250 millilitr kefir
1 choy qoshiq tuz
120 gramm margarin yoki sariyog'
1 ta tuxum
Asosiga:
350 gramm mol go'shtidan qiyma
2 ta piyoz
ta'bga qarab tuz va murch
2 osh qoshiq o'simlik yog'i
100 millilitr suv
ustiga surtish uchun tuxum sarig'i
oldingi
Shaftolili limonad
keyingi
Rezavor mevali maffinlar

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.