fbpx
Karam barglaridan goluptsi

Karam barglaridan goluptsi

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Keling, katta oila uchun yoqimli va xushbo’y ovqat tayyorlaymiz. Goluptsi taomini ukrain yoki rus oshxonasiga mansub deb bilishadi, bu karam barglariga o’ralgan sabzavotli yoki go’shtli qiyma hisoblanadi.

Biz sizga pomidor-smetana qaylasida pishirilgan goluptsilarning oddiy, ammo shu bilan birga juda mazali retseptini taqdim etamiz. Yaqinlaringizni ajoyib kechki ovqat bilan siylang.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 27 000 so’m. *

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
700-800 gramm karam
300 gramm mol go'shtidan qiyma
200 gramm piyoz
200 gramm qizil sabzi
60 gramm guruch
0,5 bog' shivit
1 osh qoshiq pomidor pastasi
1 osh qoshiq smetana
qovurish uchun o'simlik yog'i
300 millilitr suv
ta'bga ko'ra tuz va murch
Qadam 1
Tugallandi

Chuqur idishga suv solib(yarimidan ko'proq), qaynatamiz.

Qadam 2
Tugallandi

O'tkir pichoq yordamida karamning o'zagiga zarar bermagan holda, qattiq joyini kesib olamiz. Karamni qaynab turgan suvga solib 10 daqiqa qaynatamiz (barglari yumshashi kerak).

Karamni suvdan olib, bir necha qavatlarini yechib olib, yana 5-7 daqiqa qaynatamiz.

Ko'proq karam barglari yechib olinmaguncha shu tarzda davom etamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Nachinka tayyorlaymiz:

Sabzini qirg'ichning katta tishidan o'tkazamiz. Piyoz va shivitni mayda qilib to'g'raymiz.

Qadam 4
Tugallandi

Chuqur tova yoki qozonga yog' solib, sabzi va piyozni oltin rang tusga kirgunicha 10-15 daqiqa qovuramiz. So'ngra olovdan olamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Mol go'shtidan qiymaga 2 osh qoshiq qovurilgan piyoz va sabzi, guruch, shivit, tuz va murch solamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Agar karam barglarining qattiq joylari qolgan bo'lsa, ularni kesib tashlagan ma'qul, shunda tugushga oson bo'ladi.

Har bir bargga 1-2 osh qoshiq qiyma solamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Goluptsilarni rasmda ko'rsatilganidek tugamiz.

Qadam 8
Tugallandi

Alohida idishda 300 ml suv, pomidor pastasi, smetana, tuz va murchni aralashtiramiz.

Qadam 9
Tugallandi

Qolgan piyoz va sabzili qovurmaga goluptsilarni terib, ustidan pomidor va smetanali qaylani quyamiz. Qaynab chiqqanidan so'ng qopqog'ini yopgan holda, o'rtacha olovda 30-40 daqiqa pishiramiz. Tayyor goluptsilarni likopchaga olib, ko'katlar sepamiz.

Yoqimli ishtaha!

  • 1 soat 40 daqiqa
  • Portsiya 12
  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
700-800 gramm karam
300 gramm mol go'shtidan qiyma
200 gramm piyoz
200 gramm qizil sabzi
60 gramm guruch
0,5 bog' shivit
1 osh qoshiq pomidor pastasi
1 osh qoshiq smetana
qovurish uchun o'simlik yog'i
300 millilitr suv
ta'bga ko'ra tuz va murch
oldingi
Pishirishni talab etmaydigan «Oreo» torti
keyingi
Videoretsept: sabzavotli yorqin salat

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.