Jemli bulochkalar
Masalliqlar:
-
450-500 gramm un
-
250 millilitr iliq sut
-
7 gramm quruq xamirturush
-
75 gramm shakar
-
1 ta tuxum
-
40 gramm sariyog'
-
30 millilitr o'simlik yog'i
-
1 choy qoshiq vanil shakari
-
1/2 choy qoshiq tuz
-
120 gramm jem
-
1 dona tuxum sarig'i
Yo’nalishlar
Ko’pchilikka jemli yumshoqina bulochkalar bolaligini eslatib yuborsa ajab emas!
Bunday bulochkalarni xohlagan jem yoki murabbola bilan tayyorlash mumkin bo’lib, bunda bizning batafsil retseptimiz sizga yordam beradi.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 16 000 so’m sarf qilinadi.*
*nnarxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
450-500 gramm un | |
250 millilitr iliq sut | |
7 gramm quruq xamirturush | |
75 gramm shakar | |
1 ta tuxum | |
40 gramm sariyog' | |
30 millilitr o'simlik yog'i | |
1 choy qoshiq vanil shakari | |
1/2 choy qoshiq tuz | |
120 gramm jem | |
1 dona tuxum sarig'i |
Tog'orachaga sut, xamirturush va shakarni solib, aralashtirib olamiz. 10-15 daqiqaga qoldiramiz.
So'ng esa eritilgan sariyog', tuxum, o'simlik yog'i, vanil shakari va tuzni solamiz. Yaxshilab aralashtirib olamiz.
Unni oz-ozdan solib, yumshoqina xamir qorib olamiz.
Xamir ustini yopib, 1-1.5 soatga qoldiramiz.
Xamirni 15 ta bir xil bo'lakchalarga bo'lamiz va pech patnisiga terib chiqamiz.
Xamir bo'lakchalarini ustini chuqurcha qilib chiqamiz va ustini yelim xalta bilan yopib, 20 daqiqaga qoldiramiz. So'ng o'sha teshikchalarga jemdan solib chiqamiz. Tuxum sarig'ini ham surtib chiqamiz.
190 C darajada qizigan pechga qo'yib, 25-30 daqiqa davomida pishirib olamiz. Bulochkalar ozroq sovigandan keyin, shakar upasi sepamiz.
Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
450-500 gramm un | |
250 millilitr iliq sut | |
7 gramm quruq xamirturush | |
75 gramm shakar | |
1 ta tuxum | |
40 gramm sariyog' | |
30 millilitr o'simlik yog'i | |
1 choy qoshiq vanil shakari | |
1/2 choy qoshiq tuz | |
120 gramm jem | |
1 dona tuxum sarig'i |
2 Sharhlar Hide Comments
Assalomu alaykum. Ajoyib retseptlar uchun rahmat. Bulochkam negadur yahshi oshmadi. Buning sababi nimada bo’lishi mumkin? Yoki ochilgan droja ishlatgandim sababi shumikin?
Assalomu alezkum! Xamirturushingiz ochiq bo’lsa ham sovutgichda saqlangan edimi? Avval oparasini qilib, 10-15 daqiqaga qoldirdingizmi? Shuningdek oshirma xamir qorilgandan so’ng iliq va yelvizak(skvoznyak) yo’q joyda qoldirish kerak. Aynan nimasi o’xshamadi?