Gruzincha salat
Masalliqlar:
-
2 dona pomidor
-
3 ta bodring
-
1 bosh qizil piyoz
-
1 ta achchiq qalampir
-
2 ta yashil rayhon yaproqchalari
-
2-3 shoxcha kashnich
-
2-3 shoxcha shivit
-
50 gramm yong'oq
-
1 osh qoshiq vino sirkasi
-
2 osh qoshiq o'simlik yog'i
-
ta'bga ko'ra tuz va murch
Yo’nalishlar
Bu salatdagi yangi uzilgan sabzavotlar, xushbo’y o’simliklar-u yong’oq uyg’unligidagi ajoyib ta’m gruzinlarni befarq qoldirmagan. Bu salat barcha oila a’zolaringizga birdek yoqishiga va o’zingizning sevimli salatlar qatoringizdan o’rin olishiga aminmiz.
Bu salatni tayyorlab ko’rishdan qo’rqmang – o’simlik yog’ini bemalol zaytun moyiga almashtirib, ta’bingizga mos sabzavotlardan qo’shishingiz mumkin. Masalan: bulg’or qalampiri, rediska, maydaroq qovoqchalar yoki qo’ziqorin solsangiz ham bo’ladi.
Masalliqlar:
2 dona pomidor | |
3 ta bodring | |
1 bosh qizil piyoz | |
1 ta achchiq qalampir | |
2 ta yashil rayhon yaproqchalari | |
2-3 shoxcha kashnich | |
2-3 shoxcha shivit | |
50 gramm yong'oq | |
1 osh qoshiq vino sirkasi | |
2 osh qoshiq o'simlik yog'i | |
ta'bga ko'ra tuz va murch |
Yong'oq, ko'kat va sarimsoqpiyoz blenderda yoki pichoq yordamida yaxshilab maydalaniladi.
Ular yupqa to'g'ralishi kerak, ammo bo'tqasimon holatga kirishi mumkin emas.
Vino sirkasi, o'simlik yog'i solinadi, tuz va murch sepiladi. Yaxshilab aralashtiriladi.
Bodringlar po'stidan archilib, katta-katta to'g'raladi.
Pomidor ham kattaroq hajmda to'g'raladi.
Idishga solinadi, ustidan suyuq aralashma quyilib, ehtiyotkorlik bilan aralashtiriladi.
Salat likopchaga solinadi va ustidan yupqa to'g'ralgan qizil piyoz bilan bezatiladi.
Yangi yil dasturxoningizda mazali retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga a'zo bo'lishni unutmang.
Masalliqlar:
2 dona pomidor | |
3 ta bodring | |
1 bosh qizil piyoz | |
1 ta achchiq qalampir | |
2 ta yashil rayhon yaproqchalari | |
2-3 shoxcha kashnich | |
2-3 shoxcha shivit | |
50 gramm yong'oq | |
1 osh qoshiq vino sirkasi | |
2 osh qoshiq o'simlik yog'i | |
ta'bga ko'ra tuz va murch |