fbpx
Gaz pechida pishirilgan qush tili

Gaz pechida pishirilgan qush tili

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Bugun sizning e’tiboringizga ajoyib retsept – gaz pechida pishirilgan qush tili retseptini taqdim etamiz. Bu – yog’da qovurilib pishgan yuqori kaloriyaga ega qush tilining butkul teskarisi.

Shunga qaramay u maza va qarsildoqlikda yog’da qovurilganidan qolishmaydi.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 12 000 so’m. *

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

 

Masalliqlar:

Portsiya:
200 gramm un
1 osh qoshiq shakar upasi
35 gramm sariyog'
2 ta tuxum sarig'i
70 gramm smetana
bir chimdim tuz
shakar upasi
Qadam 1
Tugallandi

Unni shakar upasi va tuz bilan aralashtiramiz.

Qadam 2
Tugallandi

Unga sovuq sariyog'ni qirg'ichdan chiqaramiz va qo'l yoki kombayn yordamida qumoq shakliga keltirib olamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Sariyog' va unli qumoqqa tuxum sarig'i va smetana solib, xamir qoramiz.

Qadam 4
Tugallandi

Xamirni yopishqoq plyonkaga o'rab, 20 daqiqaga muzlatgichga olib qo'yamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Sovutilgan xamirni 2 ga bo'lamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Ozroq un sepib, har bir bo'lakni 1 mm qalinlikda yoyamiz va xamirdan 2,5 - 3 sm keladigan ingichka kesmalar kesib olamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Kesmalarni uzunligi 6-7 sm keladigan to'g'ri to'rtburchaklarga kesamiz.

Qadam 8
Tugallandi

To'g'ri to'rtburchaklar o'rtasidan kesib, undan to'g'ri to'rtburchakning kichik qismini o'tkazamiz.

Qadam 9
Tugallandi

Gaz pechi patnisiga pergament qog'ozini to'shab, unga qush tililarini joylashtiramiz.

Qadam 10
Tugallandi

180 C darajada qizdirilgan gaz pechiga 8-10 daqiqaga usti yengil qizargunicha yuboramiz.

Qadam 11
Tugallandi

Qush tilini ozroq sovutib, so'ngra idishga olamiz va ustiga shakar upasini sepamiz.

Yoqimli ishtaha!

Rasmiy instagram sahifasi:artel_official

Rasmiy instagram sahifasi (uy uchun kichik jihozlar):artel_mbt

Reklama huquqi ostida

  • 60 daqiqa
  • Portsiya 8
  • Oddiy
  • 180 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
200 gramm un
1 osh qoshiq shakar upasi
35 gramm sariyog'
2 ta tuxum sarig'i
70 gramm smetana
bir chimdim tuz
shakar upasi
oldingi
Videoretsept: kievcha kotletlar
keyingi
Videoretsept: oshirma xamirdan piyozli qatlama

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.