fbpx
Gaz pechida pishirilgan mol qovurg’alari

Gaz pechida pishirilgan mol qovurg’alari

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Qizil vino qo’shib tayyorlanilgan qovurg’achalar – nihoyatda mazali taom bo’lib, uni pishirsh aslida juda oddiy. Ajablanarlisi shundaki, taom juda mayin va ta’mi og’izda qoladigan xushbo’y bo’lib pishadi!

Bu taomning minusi shundaki – faqat siz bu taomni ovqat tanovvul qilishdan ancha oldin tayyorlashni boshlashingiz lozim.

Muhimi! Spirtli ichimligidan xavotirlanmang, pishirish jarayonida vinoning spirtli qismi to’liq yo’qoladi, shuning uchun bu taom hatto bolalar uchun ham mutlaqo xavfsiz hisoblanadi.

Masalliqlar:

8 dona mol qovurg'asi
1 bosh piyoz
2 ta qizil sabzi
1 bog' selderey
bir nechta shoxcha timyan
5-6 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
1 stakan suv yoki bulyon
2 stakan qizil quruq vino
50 gramm pomidor pastasi
2 dona lavr yaprog'i
1 choy qoshiq tuyilgan kashnich
ta'bga qarab tuz va murch
birga tortish uchun limon po'sti
qovurish uchun o'simlik yog'i
Qadam 1
Tugallandi

Mol qovurg'alariga tuz va murch sepamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Tovaga yog' solib, qovurg'alarni qizartirib qovuramiz va likopchaga olib qo'yamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Qolgan yog'da katta to'g'ralgan piyoz, sabzi, selderey va teng ikkiga bo'lingan sarimsoqpiyoz tishchalarini solib, 10 daqiqacha qovuramiz.

Tuz, murch va tuyilgan kashnichdan sepamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Pomidor pastasini solib, yaxshilab aralashtiramiz va birgalikda 3 daqiqa qovuramiz.

Qadam 5
Tugallandi

So'ng vino va bulyonni quyamiz, agar bulyon bo'lmasa, unda oddiy suvdan solamiz.

Qaynash boshlangandan so'ng, 2-3 daqiqa qaynatamiz,

Qadam 6
Tugallandi

Toblatmalar qolipiga qovurg'alarni solib, ustidan tovadagi taomdan solamiz, ustiga timyan shoxchalaridan qo'yib, qopqog'ini yopamiz va 170 C darajada qizdirilgan gaz pechida 3 soat davomida pishiramiz.

Qadam 7
Tugallandi

Pishgan taomni xohlagan gazak bilan birga tortasiz, bizning nazarimizda bu taom uchun eng yaxshi gazak bu kartoshkali pyure! Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

8 dona mol qovurg'asi
1 bosh piyoz
2 ta qizil sabzi
1 bog' selderey
bir nechta shoxcha timyan
5-6 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
1 stakan suv yoki bulyon
2 stakan qizil quruq vino
50 gramm pomidor pastasi
2 dona lavr yaprog'i
1 choy qoshiq tuyilgan kashnich
ta'bga qarab tuz va murch
birga tortish uchun limon po'sti
qovurish uchun o'simlik yog'i
oldingi
Tvorogli vatrushkalar
keyingi
Bolalar oshxonada: Brauniz

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.