Dungan qalampirlaridan gazak
Masalliqlar:
-
6-8 dona dungan qalampiri
-
300 gramm mol go'shtidan qiyma
-
2 ta tuxum
-
2 osh qoshiq un
-
0,5 choy qoshiq tuyilgan kashnich
-
ta'bga qarab tuz
-
qovurish uchun o'simlik yog'i
Yo’nalishlar
Dungan qalampiri va qiymadan tayyorlanilgan ajoyib yegulik retseptini taqdim etamiz. Uni o’zini taom sifatida ham, taomga qo’shimcha gazak sifatida ham tortishingiz mumkin.
Qalampirning achchiqqina ta’miga qaramasdan ularni yeb to’ymaysiz.
Tayyorlaniladigan taomga taxminan 15 000 so’m pul sarflaniladi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
6-8 dona dungan qalampiri | |
300 gramm mol go'shtidan qiyma | |
2 ta tuxum | |
2 osh qoshiq un | |
0,5 choy qoshiq tuyilgan kashnich | |
ta'bga qarab tuz | |
qovurish uchun o'simlik yog'i |
Har bir dungan qalampirlarini teng ikkiga bo'lib, ichidagi urug'chalaridan tozalaymiz.
Tavsiya: Bunda albatta qo'lqopdan foydalaning.
Qiymaga tuz va kashnichni seping, mayda to'g'ralgan sarimsoqpiyozni solib aralashtirib oling.
Qalampirlarning ichiga qiymali aralashmadan solib chiqamiz.
Tuxumga bir chimdim tuz va unni solib, venchikda yaxshilab ko'pirtirib olamiz.
Qiyma solingan qalampirlarni hamma tomonini tuxumli aralashmaga botirib olamiz.
Yog' solib qizdirilgan tovaga qalampirlarni qiymali tomonini solib, 3 daqiqa qovurib olamiz. So'ng ag'darib, yana 3 daqiqa qovurib olamiz.
Tayyor yegulikni non va savzavotlar bilan birga tortamiz. Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
6-8 dona dungan qalampiri | |
300 gramm mol go'shtidan qiyma | |
2 ta tuxum | |
2 osh qoshiq un | |
0,5 choy qoshiq tuyilgan kashnich | |
ta'bga qarab tuz | |
qovurish uchun o'simlik yog'i |