Tovuq va pishirilgan bulg’or qalampiridan sendvich

Tovuq va pishirilgan bulg’or qalampiridan sendvich

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Agarda sizda qaynatilgan yoki peshda pishirilgan tovuq go’shti ortib qolgan bo’lsa, unda mana bunday ko’rinishdagi ajoyib sendvichlardan tayyorlab ko’ring.

Bunday yegulik juda tez tayyorlanib, birga ish va o’qishga olib borish uchun ham juda qulay sanaladi.

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 16 000 so’m sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

150 gramm qaynatilgan tovuq go'shti yoki pechda pishirilgan
1 dona oq baton
2-3 dona qizil bulg'or qalampiri
2 dona salat bargi
1 bog' rukkola ko'kati
4 ta sendvichga mo'ljallangan pishloqli plastinkalar
4 choy qoshiq mayonez
1 choy qoshiq xantal
Qadam 1
Tugllandi

Bulg'or qalampirini yuvib, quritamiz, so'ng 200 С darajada qizigan pechda 20 daqiqa davomida butunligicha pishirib olamiz.

Qaynoq bulg'or qalampirlarini tog'orachaga solib, ustini 15 daqiqa davomida yopamiz. So'ng biroz sovisa, po'stini olib tashlash osonroq kchadi.

Qadam 2
Tugllandi

Batonni teng ikkiga bo'lib, har birini ko'ndalangiga kesib chiqamiz.

Qadam 3
Tugllandi

Xantal va mayonezni aralashtirib, batonning ichki tomoniga surtib chiqamiz.

Qadam 4
Tugllandi

Ikkita baton bo'lagiga salat bargi, to'g'ralgan tovuq go'shti, pishirilgan bulg'or qalampiri, ikkitadan pishloq bo'lagi va rukkolani ustma-ust terib chiqamiz. Ikkinchi baton bo'lagi bilan ustini yopamiz.

Sendvich tayyor, yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

150 gramm qaynatilgan tovuq go'shti yoki pechda pishirilgan
1 dona oq baton
2-3 dona qizil bulg'or qalampiri
2 dona salat bargi
1 bog' rukkola ko'kati
4 ta sendvichga mo'ljallangan pishloqli plastinkalar
4 choy qoshiq mayonez
1 choy qoshiq xantal
oldingi
Dolchinli pirog
keyingi
Videoretsept: G’ijduvoncha qiymadan qilingan kotletlar

Fikringiz