fbpx
Bodring va karamli salat

Bodring va karamli salat

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Bugun juda foydali, ayniqsa hamyonbop salatlardan sanalmish, karam va bodringli salat tayyorlaymiz.

Bu salatga esa siz xohlagan mahsulotlaringizdan solib, salatni yanada mazaliroq qilishingiz mumkin. Masalan, yashil no’xat, makkajo’xori yoki pomidor. Asosiysi, nima solsangiz ham bu salat juda xushta’m chiqadi.

Masalliqlar:

500 gramm karam
300 gramm bodring
1 bog' shivit
1-2 tishcha sarimsoqpiyoz
2 osh qoshiq o'simlik yog'i
1 osh qoshiq limon sharbati
0.5 choy qoshiq shakar
ta'bga qarab tuz va murch
Qadam 1
Tugallandi

Karamni yupqa somoncha shaklida to'g'raymiz va kattaroq idishga solamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Tuz va shakar sepamiz, qo'limiz bilan yaxshilab ezamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Piyozni ham somoncha shaklda to'g'raymiz va karamning ustidan solamiz.

Shivitni mayda to'g'rab, sabzavotlarning ustidan solamiz.

Qadam 4
Tugallandi

O'simlik yog'iga maydalangan sarimsoqpiyoz, limon sharbati va qora murchni solib aralashtiramiz.

Aralashtirib olamiz va salat ustidan solamiz.

Salatni aralashtirib dasturxonga tortamiz, yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

500 gramm karam
300 gramm bodring
1 bog' shivit
1-2 tishcha sarimsoqpiyoz
2 osh qoshiq o'simlik yog'i
1 osh qoshiq limon sharbati
0.5 choy qoshiq shakar
ta'bga qarab tuz va murch
oldingi
Quymoqli salat
keyingi
Grekcha «Dzadziki» qaylasi

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.