Bodom solib pishirilgan olmali pirog
Masalliqlar:
-
1 ta tuxum
-
150 gramm shakar
-
70 gramm asal
-
150 gramm un
-
2 gramm iste'mol sodasi
-
200 gramm olma
-
40 gramm bodom
Yo’nalishlar
Eng mazali va hamyonbop pishiriqlardan biri bu olmali piroglar bo’lib, agarda ularga bodom solinsa bormi, yanada ajoyib ta’mda chiqadi.
Qizig’i shundaki, bu pirogga umuman yog’ solinmasdan pishriladi.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 14 000 so’m sarf qilinadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan-yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
Masalliqlar:
1 ta tuxum | |
150 gramm shakar | |
70 gramm asal | |
150 gramm un | |
2 gramm iste'mol sodasi | |
200 gramm olma | |
40 gramm bodom |
Tuxum bilan shakarni tog'orachaga solib, mikserda oqarguniga qadar yaxshilab ko'pirtirib olamiz. So'ng asalni mikroto'lqinli pechga qo'yib, 40 soniya davomida eritib olamiz va ingichka qilib, tuxumli massaga quyamiz.
Un va iste'mol sodasini elab solamiz va yaxshilab aralashtirib olamiz. Xamirni qolipga quyamiz.
Olmalarni parrak qilib to'g'raymiz va xamir ustidan terib chiqamiz. Ustidan esa bodomni yupqa to'g'rab, sepamiz.
165 C darajada qizigan pechga qo'yib, 40-50 daqiqa davomida pishirib olamiz.
Dasturxonga tortishdan oldin ustidan shakar upasi sepamiz.
Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.