fbpx
Batafsil fotoretsept: qovoqchadan shokoladli maffinlar

Batafsil fotoretsept: qovoqchadan shokoladli maffinlar

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Sirli masalliq – qovoqcha qo’shilgan yumshoq maffinlar tayyorlash usuli. Qovoqcha ta’mi shokolad qo’shilganligi sababli umuman sezilmaydi, ammo xamirni juda mayin va namli qiladi. 

Tayyor taomning taxminiy narxi – 30 000 so’m. 

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
1 ta qovoqcha
2 ta tuxum
80 gramm shakar
50 millilitr o'simlik yog'i
1 choy qoshiq vanilin
1 choy qoshiq dolchin
1 choy qoshiq qabartma (razrixlitel)
0,5 choy qoshiq iste'mol sodasi
bir chimdim tuz
120 gramm suli yormasi uni
150 gramm qora shokolad
Qadam 1
Tugallandi

Barcha masalliqlarni tayyorlab olamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Qovoqchani yirik qirg’ichdan o’tkazamiz. Maffinlar uchun 125 gramm qirg’ichdan o’tkazilgan qovoqcha kerak bo’ladi.

Qadam 3
Tugallandi

Chuqur idishda tuxum, o’simlik yog’i, shakar va vanilinni ko’pirtiramiz.

Qadam 4
Tugallandi

Qabartma, dolchin, soda, suli yormasi uni, qirg’ichdan o’tkazilgan qovoqcha va maydalangan shokoladni qo’shib aralashtiramiz. Istakga ko’ra yong’oq qo’shish mumkin.

Qadam 5
Tugallandi

Xamirni to’ldirib qoliplarga solamiz. ustiga 2-3 dona shokolad bo’lakchalari qo’yamiz. Xamirni muzqaymoq uchun qoshiq yordamida solish qulay.

Qadam 6
Tugallandi

190C dacha qizdirilgan pechda 15-17 daqiqa davomida pishiramiz. Tayyorligini taxta tayoqcha yordamida tekshiramiz.

Qadam 7
Tugallandi

Maffinlar tegib bo’ladigan holatga qadar sovugandan so’ng, qoliplardan chiqarib panjara ustida sovutamiz.

Yoqimli ishtaha!

  • 30 daqiqa
  • Portsiya 10
  • O’rtacha
  • 190C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
1 ta qovoqcha
2 ta tuxum
80 gramm shakar
50 millilitr o'simlik yog'i
1 choy qoshiq vanilin
1 choy qoshiq dolchin
1 choy qoshiq qabartma (razrixlitel)
0,5 choy qoshiq iste'mol sodasi
bir chimdim tuz
120 gramm suli yormasi uni
150 gramm qora shokolad
oldingi
Rayhonlik yog’
keyingi
Videoretsept: go’shtli qatlamali somsa

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.