fbpx
Batafsil fotoretsept: «Piramida» torti

Batafsil fotoretsept: «Piramida» torti

Masalliqlar:

  • Xamiriga:

  • Kremiga:

  • Asosiga:

Yo’nalishlar

Ko’pchilikka tanish va mazali bo’lgan «Piramida» torti dasturxoningizning haqiqiy ko’rkiga aylanishiga hech shubha qilmang.

Olchaning nordon ta’mi va smetanali krem ajoyib uyg’unlikni tashkil etadi.

Tayyorlaniladigan shirinlikka taxminan 40 000 so’m pul sarflaniladi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

Xamiriga:
200 gramm margarin yoki sariyog'
200 gramm smetana
400 gramm un
2 choy qoshiq qabartma
1 ta o'ramcha vanilin
Kremiga:
700 gramm 25 % va undan ko'proq yog'li smetana
300 gramm shakar upasi
Asosiga:
700 gramm danagidan ajtarilgan olcha
150 gramm shakar
Qadam 1
Tugallandi

Kerakli masalliqlarni tayyorlab olamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Tog'orachaga yumshagan sariyog', smetana, shakar va vanilinni solib, mikserda yaxshilab ko'pirtirib olamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Un bilan qabartmani elab, suyuq aralashma ustidan solamiz va yumshoqqina xamir qoramiz.

Xamirni 30-40 daqiqaga sovutgichga olib qo'yamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Xamirni olib, teng 15 qismga bo'lamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Har bir xamirchani taxminan 20x7 sm dagi to'g'ri to'rtburchak shaklida yoyib olamiz.

Olchalarni xamir o'rtasidan uzunasiga zich qilib terib chiqamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Xamirlarni hammasini ruletga o'xshatib o'rab chiqamiz va pergament qog'oz to'shalgan patnisga terib chiqamiz.

Ustiga tuxum sarig'idan surtamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Pishiriqlarni 180 C darajada qizigan gaz pechida 20-25 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Qadam 8
Tugallandi

Krem

Smetana, vanilin va shakar upasini alohida idishga solib, yaxshilab ko'pirtirib olamiz.

Qadam 9
Tugallandi

Uzunchoq likopchaga avval 5 dona naychali pishirig'imizni ustidan krem surtamiz.

Ustidan 4 ta naychani terib, yana krem surtamiz.

Undan so'ng 3 ta naycha va yana krem, keyin 2 ta naychaga krem surtamiz va eng oxirida 1 dona naychani qo'yib, qolgan krem hammasini pishiriq ustidan yaxshilab surtib chiqamiz.

Qadam 10
Tugallandi

Pishirig'imizni 4-6 soatga sovutgichga olib qo'yamiz, so'ng olib, ustidan shokoladni qirg'ichdan chiqarib sepamiz. Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Xamiriga:
200 gramm margarin yoki sariyog'
200 gramm smetana
400 gramm un
2 choy qoshiq qabartma
1 ta o'ramcha vanilin
Kremiga:
700 gramm 25 % va undan ko'proq yog'li smetana
300 gramm shakar upasi
Asosiga:
700 gramm danagidan ajtarilgan olcha
150 gramm shakar
oldingi
Bodring va yashil no’xat solib tayyorlaniladigan tovuqli salat
keyingi
Tvorogli desert

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.