fbpx
Batafsil fotoretsept: limonli to’rtburchaklar

Batafsil fotoretsept: limonli to’rtburchaklar

Masalliqlar:

  • Xamir uchun

  • Nachinka uchun

Yo’nalishlar

Bu mayin va xushbo’y shirinlik, ayniqsa, limonli pishiriqlarni yaxshi ko’radiganlarga yoqadi. Aslida – bu to’rtburchak qismlarga kesiladigan pirog. Limon va tuxum sarig’lari rangi yorqinligiga, tayyor pishiriqning yorqinligi bog’liq. 

Tayyor taomning taxminiy narxi – 35 000 so’m. 

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
Xamir uchun
180 gramm un
1 choy qoshiq qabartma
100 gramm shakar upasi
120 gramm muzdek sariyog'
2 osh qoshiq suv
Nachinka uchun
150 gramm shakar
120 millilitr limon sharbati
2 osh qoshiq limon sedrasi
3 ta tuxum
30 gramm un
Qadam 1
Tugallandi

Barcha masalliqlarni tayyorlab olamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Xamir tayyorlaymiz

Chuqur idishda barcha quruq masalliqlarni aralashtiramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Bo’laklarga kesilgan sariyog’ni qo’shib, kroshka holatiga keltiramiz.

Qadam 4
Tugallandi

Suv qo’shib, yumshoq qo’lga yopishmaydigan xamir qoramiz.

Qadam 5
Tugallandi

22 sm diametrlik qolipga pergament qog’ozi solib, xamirni yekkislab solamiz va sanchqida teshib chiqamiz.

Qadam 6
Tugallandi

185С gacha qizdirilgan pechga 15-20 daqiqaga qo’yamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Nachinka tayyorlaymiz

Idishda tuxum va shakarni birlashtirib, 1-2 daqiqa davomida ko’pirtiramiz.

Qadam 8
Tugallandi

Limon sharbati, sedrasi va un qo’shib, aralashtiramiz.

Qadam 9
Tugallandi

Nachinkani xamir ustiga quyamiz.

Qadam 10
Tugallandi

185С gacha qizdirilgan pechga, qizarib pishguncha, taxminan 20 daqiqaga, qo’yamiz.

Qadam 11
Tugallandi

Tayyor pirogni qolipda biroz sovutib, pergament qog’ozi bilan birga qolipdan chiqarib, yana 2-3 soat davomida butunlay sovutamiz.

Qadam 12
Tugallandi

Sovugan pirog ustiga shakar upasi sepib, to’rtburchaklarga kesib olamiz.

Yoqimli ishtaha!

  • 2 soat
  • Portsiya 8
  • O’rtacha
  • 185C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
Xamir uchun
180 gramm un
1 choy qoshiq qabartma
100 gramm shakar upasi
120 gramm muzdek sariyog'
2 osh qoshiq suv
Nachinka uchun
150 gramm shakar
120 millilitr limon sharbati
2 osh qoshiq limon sedrasi
3 ta tuxum
30 gramm un
oldingi
Videoretsept: Garri Potter kitobidan shokoladli iris qandi
keyingi
Videoretsept: dudlangan tovuq va koreys sabzisi bilan salat

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.