fbpx
Batafsil fotoretsept: amerikancha qovoqli pirog

Batafsil fotoretsept: amerikancha qovoqli pirog

Taomlari:

    Masalliqlar:

    • Xamir uchun

    • Nachinka uchun

    Yo’nalishlar

    Bu an’anaviy amerikancha qovoqli pirogni odatda Amerikada «Tashakkurlik kuni» da, kuzning avjida, tayyorlashadi. Qovoqli pirog juda xushbo’y va lazzatlidir. Asos uchun qumoq xamir ishlatiladi.  

    Tayyor taomning taxminiy narxi – 25 000 so’m. 

    *narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

    Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.

    Masalliqlar:

    Portsiya:
    Xamir uchun
    120 gramm un
    20 gramm shakar
    bir chimdim tuz
    70 gramm sariyog'
    20 millilitr suv
    5 millilitr olma sirkasi
    Nachinka uchun
    350 gramm qovoq pyuresi
    80 gramm shakar
    bir chimdim tuz
    0,5 choy qoshiq maydalangan dolchin
    0,5 choy qoshiq maydalangan zanjabil
    0,5 choy qoshiq maydalangan muskat yong'og'i
    1 ta tuxum
    2 ta tuxum sarig'i
    60 millilitr 35 %li yog'li qaymoq
    Qadam 1
    Tugallandi

    Barcha masalliqlarni tayyorlaymiz.

    Qadam 2
    Tugallandi

    Xamir tayyorlaymiz

    Chuqur idishda un, shakar, tuz va sovuq sariyog’ni qo’l bilan maydalaymiz.

    Qadam 3
    Tugallandi

    Sirka bilan suvni qo’shib, idish yoki stol ustida xamir qoramiz.

    Qadam 4
    Tugallandi

    Xamirni pergament qog’oziga o’rab, muzlatgichga 30 daqiqaga qo’yamiz.

    Qadam 5
    Tugallandi

    Qovoqdan pyure tayyorlaymiz

    Qovoqni tozalab, kubik shaklida to’graymiz. Pergament qog’ozi solingan patnisga terib, ustiga biroz o’simlik yog’i surtamiz.

    Qadam 6
    Tugallandi

    200 C gacha qizdirilgan pechga, tayyor bo’lguncha, 25 daqiqaga qo’yamiz.

    Qadam 7
    Tugallandi

    Nachinka tayyorlaymiz

    Chuqur idishda qovoq pyuresini shakar, tuz va ziravorlar bilan aralashtiramiz.

    Qadam 8
    Tugallandi

    Tuxum, tuxum sarig’i va qaymoq qo’shib, blenderlaymiz.

    Qadam 9
    Tugallandi

    Sovutilgan xamirni unlab, yoyamiz. 16 smlik qolipga solib, chetlarini ko’tarib, ezib chiqamiz.

    Qadam 10
    Tugallandi

    Qovoqli nachinkani quyib, tekkislaymiz.

    Qadam 11
    Tugallandi

    210°C da 10-15 daqiqa, so’ng 180°C da 30-35 daqiqa davomida pishiramiz. Pech ichida pirogni tekshirib turish kerak, pishishi uchun ko’proq yoki ozroq vaqt kerak bo’lishi mumkin.

    Qadam 12
    Tugallandi

    Tayyor pirogni biroz sovutib, keyin dasturxonga tortamiz.

    Yoqimli ishtaha!

    • 1 soat 30 daqiqa
    • Portsiya 5
    • O’rtacha
    • 180C

    Share it on your social network:

    Or you can just copy and share this url

    Masalliqlar:

    Portsiya:
    Xamir uchun
    120 gramm un
    20 gramm shakar
    bir chimdim tuz
    70 gramm sariyog'
    20 millilitr suv
    5 millilitr olma sirkasi
    Nachinka uchun
    350 gramm qovoq pyuresi
    80 gramm shakar
    bir chimdim tuz
    0,5 choy qoshiq maydalangan dolchin
    0,5 choy qoshiq maydalangan zanjabil
    0,5 choy qoshiq maydalangan muskat yong'og'i
    1 ta tuxum
    2 ta tuxum sarig'i
    60 millilitr 35 %li yog'li qaymoq
    oldingi
    Videoretsept: pishirilgan qovoqli salat
    keyingi
    Sarimsoqpiyozli sariyog’lik oshirma bulochkalar

    Izohingizni yozib qoldiring

    Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.