Asal-zanjabilli soyada pishirilgan tovuq qanotchalari
Masalliqlar:
-
800 gramm tovuq qanotchalari
-
3-4 osh qoshiq soya qaylasi
-
1-2 osh qoshiq asal
-
3 tishcha sarimsoqpiyoz
-
30 gramm zanjabil
-
0.5 ta limon sharbati
-
ta'bga qarab yanchilgan achchiq qalampir
Yo’nalishlar
Asal, zanjabil va soya qaylasini birlashmasidan pishirilgan tovuq qanotchalari ajoyib ta’mga ega bo’lib, usti qarsildoq, ichi yumshoqqina bo’lib pishadi. Oila a’zolaringizni yangicha taom bilan siylang.
Bu ovqat issiq, iliq va sovuq holatlarida dasturxonga tortilsa, har birida o’zgacha ta’mga ega bo’ladi. Ishonmaysizmi?! Unda tayyorlab ko’ring va bunga amin bo’lasiz.
Masalliqlar:
800 gramm tovuq qanotchalari | |
3-4 osh qoshiq soya qaylasi | |
1-2 osh qoshiq asal | |
3 tishcha sarimsoqpiyoz | |
30 gramm zanjabil | |
0.5 ta limon sharbati | |
ta'bga qarab yanchilgan achchiq qalampir |
Katta idishga ezilgan sarimsoqpiyoz, qirg'ichning kichkina tishidan o'tkazilgan zanjabil, achchiq qalampir, limon sharbati, asal va soya qaylasi solinadi va yaxshilab aralashtiriladi.
Tovuq qanotchalari yaxshilab yuviladi, qog'oz sochiq yordamida ortiqcha suvidan xalos qilinadi.
Qanotchalarning uchi kesib tashlanadi.
Tovuq qanotchalari qolipga bir qator qilib teriladi va 200 C da 20-25 daqiqa davomida pishirib olinadi.
Pishirish jarayonida qanotchalar ag'dariladi va ustidan marinad quyiladi.
Yangi yil dasturxoningizda mazali retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
800 gramm tovuq qanotchalari | |
3-4 osh qoshiq soya qaylasi | |
1-2 osh qoshiq asal | |
3 tishcha sarimsoqpiyoz | |
30 gramm zanjabil | |
0.5 ta limon sharbati | |
ta'bga qarab yanchilgan achchiq qalampir |