Amerikancha pechenye
Masalliqlar:
-
2 ta tuxum
-
160 gramm sariyog'
-
150 gramm shakar
-
0,5 choy qoshiq vanil shakari
-
260 gramm un
-
1 choy qoshiq qabartma
-
0,5 choy qoshiq tuz
-
150 gramm qora shokolad
Yo’nalishlar
Amerikancha shokoladli pechenye – dunyodagi eng mashxur va mazali pechenyelardan biri.
Tayyorlanishi oson bo’lishiga qaramay, pechenye juda mazali bo’lib pishadi va uni tayyorlash sizga hech ham qiyinchilik tug’dirmaydi.
Tayyor taomning taxminiy narxi – 30 000 so’m. *
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
Masalliqlar:
2 ta tuxum | |
160 gramm sariyog' | |
150 gramm shakar | |
0,5 choy qoshiq vanil shakari | |
260 gramm un | |
1 choy qoshiq qabartma | |
0,5 choy qoshiq tuz | |
150 gramm qora shokolad |
Sariyog'ni eritib, unga shakar, vanil shakari va tuz solamiz. Venchik yordamida ozroq aralashtiramiz.
Tuxum solib, yana aralashtiramiz.
Alohida idishda un va qabartmani aralashtirib, sariyog'li massaga elaymiz va xamir qoramiz (bunda yaxshisi silikon lopatadan foydalangan yaxshi, xamir yopishqoq va yumshoq bo'ladi).
Shokoladni pichoqda maydalab, xamirga solamiz. Yana silikon lopatada aralashtiramiz.
Xamirni konditer qopchasiga joylashtiramiz. Pechenyelarni qopcha yordamida pergament qog'ozi bilan qoplangan gaz pechi patnisiga bir-biridan uzoqroqda quyib chiqamiz. Pechenye ustini qo'lda tekkislab chiqish mumkin.
Masalliqlar:
2 ta tuxum | |
160 gramm sariyog' | |
150 gramm shakar | |
0,5 choy qoshiq vanil shakari | |
260 gramm un | |
1 choy qoshiq qabartma | |
0,5 choy qoshiq tuz | |
150 gramm qora shokolad |