fbpx
Oshirmali xamirdan pishirilgan pirojkalar

Oshirmali xamirdan pishirilgan pirojkalar

Masalliqlar:

  • Xamiriga:

  • Asosiga:

Yo’nalishlar

Mazali va to’yimli, gaz pechida qizarib pishgan pirojkalar bizga bolaligimizni eslatishi aniq. Bunday mazali yegulik tayyorlab yaqinlaringizni xursand qiling.

Bunday pishiriqlar uchun asoslarni turlicha, xohishingizga qarab tayyorlashingiz mumkin. Biz asos sifatida tuxum va ko’k piyozdan foydalandik. Siz esa ta’bingizga qarab ish tuting.

Masalliqlar:

Portsiya:
Xamiriga:
600 gramm un
350 millilitr suv
7 gramm quruq xamirturush
30 gramm shakar
2 ta tuxum
1 choy qoshiq tuz
70 gramm sariyog'
Asosiga:
6 ta qaynatilgan tuxum
1 ta piyoz
1 bog' ko'k piyoz
ta'bga qarab tuz va murch
1 osh qoshiq eritilgan sariyog'
2 osh qoshiq o'simlik yog'i
Qadam 1
Tugallandi

Kichikroq idishga iliq suv, shakar va xamirturushni solib aralashtiramiz.

Ustini sochiq bilan yopamiz va 15 daqiqaga iliq joyga qo'yamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Unga tuzni solib aralashtiramiz va ustidan xamirturush solingan suvni solamiz.

Tuxumni solib yaxshilab aralashtiramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Silliq holga kirgandan so'ng yumshagan sariyog'ni ham solib aralashtiramiz.

Qadam 4
Tugallandi

10 daqiqa davomida yaxshilab aralashtirib xamir qoramiz.

Ustini avval yelim qog'ozda, so'ng sochiq bilan yopamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Xamir ko'tarulginucha uning asosini tayyorlab olamiz.

Sariyog' va o'simlik yog'ida piyozni yaxshilab qovurib olamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Ko'k piyozni yuvib mayda to'g'rab chiqamiz.

Qaynatilgan tuxumlarni ham tozalab, to'rtburchak shaklda to'g'rab chiqamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Tuxum, ko'k piyoz va qovurilgan piyoz hammasini bitta idishga solamiz.

Tuz va murchini rostlab aralashtiramiz.

Qadam 8
Tugallandi

Bu vaqt mobaynida xamir ikki hissaga ko'tarilgan bo'lishi kerak.

Ko'tarilgan xamirni qo'lda mushtlab olamiz va ustini yopamiz.

Qadam 9
Tugallandi

Qayta ko'tarilib chiqqan xamirni olamiz va teng taqsimlarda kesib chiqamiz.

Hozirgi xamirimizdan taxminan 22-22 dona chiqadi.

Qadam 10
Tugallandi

Xamirlarni xuddi kulchalardek yoyib chiqamiz.

Qadam 11
Tugallandi

Xamirning o'rtasiga 1 osh qoshiqdan asos solamiz.

Chetlarini birlashtirib, shakl berib chiqamiz.

Qadam 12
Tugallandi

Pirojkilar chokini pastga qilib gaz pechi patnisiga terib chiqamiz.

Hammasini terib chiqqandan so'ng ustini yelim qog'ozda yopib, 30 daqiqaga chetoqqa olib qo'yamiz.

Qadam 13
Tugallandi

So'ng ularni ustiga tuxum surtamiz va 200 C da tayyor bo'lgunicha pishirib olamiz.

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • Portsiya 10
  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
Xamiriga:
600 gramm un
350 millilitr suv
7 gramm quruq xamirturush
30 gramm shakar
2 ta tuxum
1 choy qoshiq tuz
70 gramm sariyog'
Asosiga:
6 ta qaynatilgan tuxum
1 ta piyoz
1 bog' ko'k piyoz
ta'bga qarab tuz va murch
1 osh qoshiq eritilgan sariyog'
2 osh qoshiq o'simlik yog'i
oldingi
Mikroto’lqinli pechda baliq pishirish
keyingi
Batafsil fotoretsept: Tovuq va pishloqdan tayyorlanilgan turkcha somsa

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.