fbpx
SalSal restoranidan retsept: Moshxo’rdadan tayyorlanilgan quyuq sho’rva

SalSal restoranidan retsept: Moshxo’rdadan tayyorlanilgan quyuq sho’rva

Taomlari:

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Bugun mashhur restoranlardan biri SalSal o’zining ajoyib taomini to’liq retseptini siz azizlarga taqdim qiladi.

O’zbek milliy taomlarini yangicha ta’m va ko’rinishda taqdim qilish bu restoranning o’ziga xos xususiyati bo’lib, bugungi ana shunday taomlardan biri moshxo’rdadan tayyorlanilgan quyuq sho’rvadir.
Bunday sho’rva tayyorlashni esa restoranning bosh oshpazi Farrux Ulug’jonov so’zlab beradi.

Masalliqlar:

1.5 litr mol go'shtli bulyon
500 gramm qo'y go'shti
300 gramm mosh
200 gramm guruch
200 gramm qizil sabzi
200 gramm piyoz
50 gramm qizil bulg'or qalampiri
50 gramm sariq bulg'or qalampiri
50 gramm yashil bulg'or qalampiri
100 gramm sariyog'
100 gramm pomidor
50 gramm feta pishlog'i
50 gramm qaymoq
20 gramm kashnich yangi uzilgan
40 gramm sarimsoqpiyoz
1 ta non yoki baget
Qadam 1
Tugallandi

Mol go'shtidan bulyonni qaynatishga qo'yamiz. Bulyon qaynagunicha barcha sabzavotlarni 0.5 sm kattalikda to'g'rab olamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Boshqa qozonga o'simlik yog'ini solamiz va qizdiramiz. Piyozni solamiz va tillarangga kirgunicha qovuramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Qo'y kuraklarini xohlasangiz butunligicha, xohlasangiz kattaroq bo'laklarga bo'ling va piyozni ustidan solib qovuring.

Tuz va murch sepamiz.

Qadam 4
Tugallandi

So'ng barcha to'g'ralgan sabzavotlar va ezilgan sarimsoqpiyozni ham solamiz. 5 daqiqa davomida qovuramiz va qopqog'ini yopib, 15 daqiqacha dimlab qo'yamiz.

So'ng ustidan bulyonni quyamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Mosh va guruchni yaxshilab yuvamiz. Moshni sho'rvaga solamiz va 15 daqiqa davomida qaynatamiz. So'ng ustidan guruchni solamiz va pishguniga qadar past olovda qaynatamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Taomimiz pishganidan so'ng chetga qo'yib biroz sovutamiz.

Qadam 7
Tugallandi

So'ng sho'rvadan go'shtlarni terib olamiz va sariyog'ni solib, blenderda pyure holatiga keltiramiz.

Qadam 8
Tugallandi

Quyuq sho'rvani kashnich barglari va maydalangan qurt sepib bezatamiz.

Go'shtni mayda bo'laklarga bo'lamiz, ustidan zaytun moyi solib aralashtiramiz va taomimiz ustiga qo'yamiz.

Qadam 9
Tugallandi

Baget nonini yog' solmasdan, tovani o'zida qovurib olamiz. Qaymoq va feta pishlog'ini blenderda maydalab olamiz.

Nonga sarimsoqpiyozni surtib olamiz va ustiga maydalangan pishloqni olib uni ham surtamiz va taom bilan birga tortamiz.

Qadam 10
Tugallandi

Bu taom sizni qiziqtirib qo'ygan bo'lsa-yu pishirishga erinayotgan bo'lsangiz, unda uni SalSal restoraniga kelib ta'tib ko'rishingiz mumkin. Bu noan'anaviy taom sizga ham yoqishi aniq.

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

1.5 litr mol go'shtli bulyon
500 gramm qo'y go'shti
300 gramm mosh
200 gramm guruch
200 gramm qizil sabzi
200 gramm piyoz
50 gramm qizil bulg'or qalampiri
50 gramm sariq bulg'or qalampiri
50 gramm yashil bulg'or qalampiri
100 gramm sariyog'
100 gramm pomidor
50 gramm feta pishlog'i
50 gramm qaymoq
20 gramm kashnich yangi uzilgan
40 gramm sarimsoqpiyoz
1 ta non yoki baget
oldingi
Videoretsept: Shokoladli fondan
keyingi
Qaynatilgan suv qo’shib pishirilgan shokoladli keks

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.