fbpx
Batafsil fotoretsept: Uyda pishirilgan patirchalar

Batafsil fotoretsept: Uyda pishirilgan patirchalar

Taomlari:

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Sariyog’ bilan qorishtirilgan, mazali va mayin ta’mli issiqqina patirlar kimga ham yoqmaydi deysiz. Agarda siz avval bunday non mahsulotlaridan pishirib ko’rmagan bo’lsangiz, unda hozir ayni fursati!

Non uchun xamirni xohlasangiz bir kecha oldin tayyorlab, ertalabgi nonushtaga mazali patirlar pishirib oila a’zolaringizni xursand qilishingiz mumkin.

Masalliqlar:

Portsiya:
125 millilitr iliq sut
125 millilitr iliq suv
0.5 choy qoshiq tuz
0.5 choy qoshiq shakar
1 osh qoshiq quruq xamirturush
500 gramm un
125 gramm eritilgan sariyog'
Qadam 1
Tugallandi

Kerakli masalliqlarni tayyorlab olamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Iliq sutga suv, shakar, tuz, xamirturushni solib aralashtiramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Kattaroq idishga unni solamiz.

Unni o'rtasiga sutli aralashmamizni solamiz va ustini sochiq bilan yopib, 30 daqiqaga iliq joyga qo'yamiz.

Qadam 4
Tugallandi

So'ng un solingan idishni olamiz va ustidan eritilgan sariyog'ni solib yumshoqroq xamir qoramiz.

Xamirni ustini yopib, 1 soatga iliqroq joyga qo'yamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Oshgan xamirimizni olib bo'laklarga bo'lamiz. Biz 4 ta bo'lakka bo'ldik, patirlarimiz kichikroq bo'ldi. Siz xohlasangiz 2 yoki 3 bo'lakka bo'lishingiz mumkin.

Qadam 6
Tugallandi

Xamir bo'lakchalaridan koptokchalar yasab olamiz va ustini yelim qog'oz bilan yopib, 30 daqiqaga tindirib qo'yamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Kaft va barmoqlarimiz yordamida zuvalachalarimizning o'rtalarini bosib, doira shakliga keltiramiz. Nonni chtelari 3-4 sm qalinlikda, o'rtasi esa 1 sm qalinlikda bo'lsin.

Qadam 8
Tugallandi

Nonni chetlarini pichoq yoki qaychi yordamida kesib chiqamiz.

Qadam 9
Tugallandi

Tuxum sarig'i va ozroq sutni aralashtirib, nonni ustiga surtasiz.

Qadam 10
Tugallandi

Nonni o'rtasiga yaxshilab chakich urasiz, agarda chakich topolmasangiz, unda oddiy sanchiqdan ham foydalansangiz bo'ladi.

Qadam 11
Tugallandi

Ustini esa sedana sepib bezaysiz.

Qadam 12
Tugallandi

220 C darajada qizdirilgan gaz pechida qizargunicha pishirib olamiz. Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • Portsiya 6
  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
125 millilitr iliq sut
125 millilitr iliq suv
0.5 choy qoshiq tuz
0.5 choy qoshiq shakar
1 osh qoshiq quruq xamirturush
500 gramm un
125 gramm eritilgan sariyog'
oldingi
Videoretsept: Qaymoqli kremdan mevali savatchalar
keyingi
Milly kafesidan retsept: Qo’y go’shti va kartoshkadan ajoyib taom

2 Sharhlar Hide Comments

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.