Milly kafesidan retsept: Klyukva-brusnikali choy
Masalliqlar:
-
50 gramm klyukva mevasi
-
50 gramm brusnika
-
40 gramm limon
-
2-3 ta shoxcha yalpiz
-
60-80 gramm asal
-
1.5 choy qoshiq qora choy
Yo’nalishlar
Mana yomg’irlar mavsumi boshlanib, kunlar yana sovib qoldi. Bunday kunlarda biz kayfiyatni ko’taruvchi ajoyib ichimliklardan tayyorlashni maslahat beramiz.
Bu ichimligimizga mo’ljallangan muzlatilgan rezavor mevalarni Toshkentning deyarli barcha supermarketlaridan, shuningdek Oloy va Mirobod tumani bozoridan ham topishingiz mumkin.
Masalliqlar:
50 gramm klyukva mevasi | |
50 gramm brusnika | |
40 gramm limon | |
2-3 ta shoxcha yalpiz | |
60-80 gramm asal | |
1.5 choy qoshiq qora choy |
Choynakka qaynoq suv solamiz va to'kamiz.
Mevalarni xona haroratida eritib olamiz va choynakka solamiz.
Ustidan shakar solib, qoshiqda ishqalab aralashtiramiz.
So'ng limon, yalpiz, asal va qora choyni solib, ustidan qaynagan suv solamiz.
Aralashtiramiz va damlagan choyimizni 20 daqiqaga tindirib qo'yamiz. Mazali choydan bahra olishingiz mumkin.
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.