Videoretsept: Ispancha quymoq (omlet)
Masalliqlar:
-
300 gramm tovuq go'shti (lahm)
-
300 gramm shampinyon
-
100 millilitr sut
-
4 ta tuxum
-
ta'bga qarab tuz va murch
Yo’nalishlar
Bir xil quymoqlar joningizga tegdimi? Ispancha qo’ziqorin va kartoshkadan tayyorlaniladigan bugungi quymog’imizni tayyorlab ko’ring.
Bu to’yimli taomni nonushtaga ham, tushlikka ham bemalol tayyorlashingiz mumkin.Ichiga xohishga qarab har xil asoslardan foydalanishingiz ham mumkin.
Masalliqlar:
300 gramm tovuq go'shti (lahm) | |
300 gramm shampinyon | |
100 millilitr sut | |
4 ta tuxum | |
ta'bga qarab tuz va murch |
Go'shtni mayda to'rtburchak qilib to'g'raymiz va o'simlik yog'ida qovuramiz.
Ustidan to'g'ralgan shampinyonlarni solib, 10 daqiqacha birga qovuramiz.
Ustidan qaynatilgan kartoshkani to'rtburchak to'g'rab solamiz.
To'rtta tuxumni chaqib tog'orachaga solamiz, sanchiq bilan ko'pirtirib, ustidan sut solamiz.
Tuz va murch sepib aralashtiramiz, so'ng tovaga sabzavotlar ustidan solamiz.
Qopqog'ini yopib, tayyor bo'lgunicha dimlab pishiramiz. Yoqimli ishtaha!
Masalliqlar:
300 gramm tovuq go'shti (lahm) | |
300 gramm shampinyon | |
100 millilitr sut | |
4 ta tuxum | |
ta'bga qarab tuz va murch |