fbpx
Videoretsept: «ko’rinmaydigan» olmali pirog

Videoretsept: «ko’rinmaydigan» olmali pirog

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Bu fransuzcha pirogning “ko’rinmaydigan” deb nomlanishining sababi, uning ichida ko’pgina olma va juda oz xamir borligida. Pishiriq juda mayin va yumshoq bo’lib, ichi biroz nam bo’lib pishadi.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 40 000 so’m.

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
700 gramm olma
3 ta tuxum
130 millilitr sut
70 gramm shakar
50 gramm eritilgan sariyog'
120 gramm un
1 choy qoshiq qabartma (razrixlitel)
30 gramm bodom yaproqlari
Qadam 1
Tugallandi

Idishda tuxum, shakar va vanil shakarini mikser yordamida ko’pirtiramiz.

Qadam 2
Tugallandi

Sut va eritilgan sariyog’ni qo’shib aralashtiramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Elangan un va qabartma qo’shib, yaxshilab aralashtiramiz.

Qadam 4
Tugallandi

Olmalarni tozalab, yupqa qilib to’g’raymiz.

Qadam 5
Tugallandi

Olmani xamirg qo’shib yaxshilab aralashtiramiz. Hamma olmalar xamir ostida bo’lishi kerak.

Qadam 6
Tugallandi

Pishiriq uchun qolipga (biz 13х20 sm hajmdagi qolip ishlatdik) pergament qog’ozi solib, xamirni solib tekkislaymiz.

Qadam 7
Tugallandi

Pirog ustiga bodom yaproqlari sepib, 180C gacha qizdirilgan pechga 40-50 daqiqaga qo’yamiz. Tayyorligini taxta tayoqcha yordamida tekshiramiz.

Qadam 8
Tugallandi

Tayyor pirogni butunlay sovutamiz.

Yoqimli ishtaha!

  • 1 soat
  • Portsiya 4
  • Oddiy
  • 180C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
700 gramm olma
3 ta tuxum
130 millilitr sut
70 gramm shakar
50 gramm eritilgan sariyog'
120 gramm un
1 choy qoshiq qabartma (razrixlitel)
30 gramm bodom yaproqlari
oldingi
Videoretsept: «Garri Potter» dan mo’jizaviy supurgi
keyingi
Videoretsept: tovuq va qo’ziqorinli quyma pirog

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.