fbpx
Videoretsept: limonli bulochkalar

Videoretsept: limonli bulochkalar

Masalliqlar:

  • Xamir uchun

  • Nachinka uchun

  • Krem uchun

Yo’nalishlar

Og’izda eriydigan mazali limonli bulochkalar tayyorlash usulini sizlarga taqdim etamiz. Bunday mayin va yumshoq bulochkalar barchaga yoqishi aniq, limon ifori esa atrofga taraladi.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 100 000 so’m.

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
Xamir uchun
400 millilitr iliq sut
100 gramm shakar
10 gramm quruq xamirturush
1 ta tuxum
1 choy qoshiq vanil shakari
100 gramm eritilgan sariyog'
750 gramm un
bir chimdim tuz
Nachinka uchun
100 gramm shakar
2 ta limon sedrasi
yarim limon sharbati
100 gramm yumshatilgan sariyog'
Krem uchun
100 gramm qaymoq
300 gramm tvorogli pishloq
100 gramm shakar upasi
Qadam 1
Tugallandi

Idishda xamirturush, shakar va iliq sutni birlashtiramiz. Aralashtirib, 10-15 daqiqaga qoldiramiz.

Qadam 2
Tugallandi

Oparaga tuxum, vanil shakari va tuz qo’shamiz. Eritilgan sariyog’ quyib, aralashtiramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Elangan un qo’shib, yumshoq, qo’lga yopishmaydigan xamir qoramiz. Xamirni 1 soatga iliq joyga, oshishi uchun olib qo’yamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Boshqa idishda shakar, sariyog’, limon sharbati va sedrasini birlashtirib, yaxshilab aralashrtiramiz.

Qadam 5
Tugallandi

Oshgan xamirni qulaylik uchun 2 qismga bo’lamiz. Har birini yupqa qilib yoyamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Yoyilgan xamir ustiga nachinkani solib, chetlarida 2 sm qoldirgan holda tekkiislaymiz.

Qadam 7
Tugallandi

Xamirni rulet shaklida o’rab, qalinligi 4 sm bo’lgan bo’laklarga kesamiz.

Qadam 8
Tugallandi

Bulochkalarni pergament qog’ozi solingan patnisga terib, iliq joyda 15-20 daqiqaga qoldiramiz.

Qadam 9
Tugallandi

Oshgan bulochkalarni 180C gacha qizdirilgan pechga 30-40 daqiqaga qo’yamiz.

Qadam 10
Tugallandi

Tvorogli pishloq, qaymoq va shakar upasini birlashtiramiz. Mikser yordamida ko’pirtiramiz.

Qadam 11
Tugallandi

Tayyor bulochkalarni biroz sovutib, ustiga krem surtamiz.

Yoqimli ishtaha!

  • 2 soatdan ortiq
  • Portsiya 16
  • O’rtacha
  • 180C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
Xamir uchun
400 millilitr iliq sut
100 gramm shakar
10 gramm quruq xamirturush
1 ta tuxum
1 choy qoshiq vanil shakari
100 gramm eritilgan sariyog'
750 gramm un
bir chimdim tuz
Nachinka uchun
100 gramm shakar
2 ta limon sedrasi
yarim limon sharbati
100 gramm yumshatilgan sariyog'
Krem uchun
100 gramm qaymoq
300 gramm tvorogli pishloq
100 gramm shakar upasi
oldingi
Videoretsept: bananli toblatma
keyingi
Videoretsept: limon va brokkoli bilan pechda pishirilgan tovuq

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.