fbpx
Videoretsept: apelsin bilan pishirilgan quyon

Videoretsept: apelsin bilan pishirilgan quyon

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Apelsinlar bilan pishirilgan nafis iforli quyon go’shti – bu taom barchani hayratda qoldirishi aniq. Quyon go’shti juda mayin bo’lib pishadi, apelsin nordonligi va asal shirasi esa taomni o’zgacha ochadi.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 145 000 so’m.

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
1 kilogramm "Моя мечта" quyon go'shti
3 ta apelsin
2 osh qoshiq xantal
2 dona sarimsoqpiyoz tishchasi
1 osh qoshiq zaytun yog'i
1 choy qoshiq tuz
0,5 choy qoshiq qora murch
1 ta apelsin sharbati
2 osh qoshiq asal
1 dona rozmarin shoxchalari
1 osh qoshiq o'simlik yog'i Qolipga surtish uchun
100 gramm zaytun mevasi
Qadam 1
Tugallandi

Apelsinlarni dumaloq qilib kesib, quyon tanasi ichiga solamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Alohida idishda xantal, maydalangan sarimsoqpiyoz, zaytun yog’i, tuz va murchni aralashtiramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Hosil bo’lgan sous bilan quyon go’shtini har tarafiga surtamiz va 2 soatga marinadlanishi uchun qoldiramiz.

Qadam 4
Tugallandi

Qolipga o’simlik yog’i surtib, quyonni solamiz va 180C gacha qizdirilgan pechga 1 soatga qo’yamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Idishda apelsin sharbati, asal va rozmarinni aralashtiramiz. Tayyor bo’lishidan 10 daqiqa oldin, quyonga sharbatli aralashmani surtamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Tayyor quyonni portsiyalarga bo’lib, apelsin va zaytun bilan bezatib, dasturxonga tortamiz.

Yoqimli ishtaha!

“Korzinka” supermarketlarida quyon go’shtini - 89 900 so’mga sotib olish mumkin (odatda bir quyon tanasi 1,2 kg atrofida).

Shuningdek, quyonni Chorsu bozorida joylashgan “Моя мечта” rasmiy do’konlaridan va в Telegram-bot orqali sotib olish mumkin.

Reklama huquqi asosida..

  • 2 soatdan oshiq
  • Portsiya 4
  • O’rtacha
  • 180C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
1 kilogramm "Моя мечта" quyon go'shti
3 ta apelsin
2 osh qoshiq xantal
2 dona sarimsoqpiyoz tishchasi
1 osh qoshiq zaytun yog'i
1 choy qoshiq tuz
0,5 choy qoshiq qora murch
1 ta apelsin sharbati
2 osh qoshiq asal
1 dona rozmarin shoxchalari
1 osh qoshiq o'simlik yog'i Qolipga surtish uchun
100 gramm zaytun mevasi
oldingi
Videoretsept: yeryong’oqli qumoq pechenye
keyingi
Videoretsept: kartoshka pyure bilan gulyash

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.