fbpx
Videoretsept: ko’katli bichak somsa

Videoretsept: ko’katli bichak somsa

Taomlari:

Masalliqlar:

  • Xamir uchun

  • Nachinka uchun

Yo’nalishlar

Bichak somsa — yupqa xamirdan ko’katli to’rtburchaklar. Uni bahor somsasi deb ham atashadi, chunki uni yangi ko’katlar mavsumi – bahorda pishirishadi. Nachinkasiga xohishga ko’ra sevgan ko’katlaringizni qo’shishingiz mumkin. Bir marta bichak somsani ta’tib ko’rgandan so’ng, albatta yana so’raysiz. 

Tayyor taomning taxminiy narxi – 40 000 so’m. 

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
Xamir uchun
260 millilitr suv
1 choy qoshiq tuz
70 millilitr o'simlik yog'i
450 gramm un
Nachinka uchun
120 gramm ko'k piyoz
200 gramm ismaloq
140 gramm qizil lavlagi bargi
2 ta o'rtacha piyoz
2 choy qoshiq tuz
1 choy qoshiq qora murch
1 choy qoshiq zira
1 choy qoshiq sabzavotli ziravor
100 millilitr o'simlik yog'i
Qadam 1
Tugallandi

Xamir tayyorlaymiz

Iliq suvda tuzni eritamiz. O’simlik yog’i va un qo’shib yumshoq xamir qoramiz. Plyonka bilan berkitib 15 daqiqaga qoldiramiz.

Qadam 2
Tugallandi

Nachinka tayyorlaymiz

Ko’k piyoz, ismaloq va lavlagi barglarini mayda to’g’raymiz.

Qadam 3
Tugallandi

Piyozni maydalab, qizartirib qovuramiz.

Qadam 4
Tugallandi

Ko’katlar bilan qovurilgan piyozni aralashtiramiz, so’ngra tuz, murch, zira va sabzavotli ziravor qo’shib, yaxshilab aralashtiramiz.

Qadam 5
Tugallandi

Somsa tayyorlaymiz

Xamirni yupqa yoyib, to’rtburchaklarga kesamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Har bir to’rtburchak o’rtasiga 1-1,5 osh qoshiq nachinka solamiz. Konvert shaklida berkitamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Tovaga o’simlik yog’i surtamiz. Somsani o’rta olovda tovada ikki tomonini aylantirib qovuramiz.

Qadam 8
Tugallandi

Ko’katli simsani xohishga ko’ra sous bilan dasturxonga tortamiz.

Yoqimli ishtaha!

  • 1 soat
  • Portsiya 6
  • Oddiy

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
Xamir uchun
260 millilitr suv
1 choy qoshiq tuz
70 millilitr o'simlik yog'i
450 gramm un
Nachinka uchun
120 gramm ko'k piyoz
200 gramm ismaloq
140 gramm qizil lavlagi bargi
2 ta o'rtacha piyoz
2 choy qoshiq tuz
1 choy qoshiq qora murch
1 choy qoshiq zira
1 choy qoshiq sabzavotli ziravor
100 millilitr o'simlik yog'i
oldingi
Videoretsept: syurprizlik pechenyelar
keyingi
Videoretsept: yaponcha sutli non «Xokkaydo»

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.