Videoretsept: «Mandarin» yangi yil salati
Masalliqlar:
-
4 ta qaynatilgan sabzi
-
3 ta qaynatilgan tuxum
-
120 gramm qattiq pishloq
-
150 gramm qaynatilgan tovuq filesi
-
1 dona sarimsoqpiyoz tishchasi
-
30 millilitr mayonez
-
1 choy qoshiq tuz
-
1 choy qoshiq qora murch
Yo’nalishlar
Yorqin, sabzirang, ishtaha ochar – yangi-yil dasturxoni uchun eng yaxshi gazak. Mandarin ko’rinishidagi salatni tayyorlash ko’p vaqt va masalliq talab qilmaydi. Yangi yil dasturxoni bezagi bo’ladi va mehmonlaringizni befarq qoldirmaydi.
Tayyor taomning taxminiy narxi – 30 000 so’m.
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.
Masalliqlar:
4 ta qaynatilgan sabzi | |
3 ta qaynatilgan tuxum | |
120 gramm qattiq pishloq | |
150 gramm qaynatilgan tovuq filesi | |
1 dona sarimsoqpiyoz tishchasi | |
30 millilitr mayonez | |
1 choy qoshiq tuz | |
1 choy qoshiq qora murch |
Tuxum, sabzi va tovuq filesini qaynatib pishiramiz.
Tuxum, pishloq va sarimsoqpiyozni mayda qirg’ichdan chiqaramiz. Tovuq filesini mayda to’g’raymiz.
Idishda tuxum, pishloq, sarimsoqpiyoz, tovuq filesi, ziravorlar va mayonezni aralshtiramiz.
Mandarin shaklida dumaloqchalar yasaymiz.
Sabzini mayda qirg’ichdan chiqarib, sharbatini siqib olamiz.
Sabziga bir chimdim tuz va 1 osh qoshiq mayonez qo’shib, aralashtiramiz.
Plyonkani kesib olamiz. Ustiga 1 osh qoshiq sabzi va o’rtasiga dumalochani qo’yamiz. Plyonkani berkitib, mandarin shakliga keltiramiz.
Masalliqlar:
4 ta qaynatilgan sabzi | |
3 ta qaynatilgan tuxum | |
120 gramm qattiq pishloq | |
150 gramm qaynatilgan tovuq filesi | |
1 dona sarimsoqpiyoz tishchasi | |
30 millilitr mayonez | |
1 choy qoshiq tuz | |
1 choy qoshiq qora murch |