Mikroto’lqinli pechda olchali shirinlik pishirish
Masalliqlar:
-
400 gramm danagidan tozalangan olcha
-
100 gramm sariyog'
-
2-3 osh qoshiq shakar
-
100 gramm shakar upasi
-
200 gramm un
-
1 choy qoshiq vanil ekstrakti
-
bir chimdim tuz
-
ta'bga qarab muzqaymoq
Yo’nalishlar
5 daqiqada tayyor bo’luvchi bugungi shirinligimizni tayyorlashni istaysizmi? Kutilmagan mehmon kelib qolgan payt, juda ham qo’llab yuboradigan ham mazali, ham chiroyli yegulik.
Noodatiy va mayin ta’mi bilan sizga albatta yoqadi.
Masalliqlar:
400 gramm danagidan tozalangan olcha | |
100 gramm sariyog' | |
2-3 osh qoshiq shakar | |
100 gramm shakar upasi | |
200 gramm un | |
1 choy qoshiq vanil ekstrakti | |
bir chimdim tuz | |
ta'bga qarab muzqaymoq |
Sariyog'ni mikroto'lqinli pechda eritib olamiz.
Unni shakar upasi, vanil va tuz bilan aralashtiramiz.
Unni ustidan eritilgan sariyog'ni solamiz va avval qoshiqda, sovigandan so'ng esa qo'lda aralashtirib olamiz.
Olchani pishiriqqa mo'ljallangan kichkina idishchaga solamiz va ustidan shakar sepamiz.
Qolipchalar sifatida kichikroq likopchalardan ham foydalansangiz bo'ladi.
So'ng olchalarni ustidan unli kukunimizni solamizda, mikroto'lqinli pechda 800 V da 4 daqiqa davomida pishirib olamiz.
Xohishga qarab bu shirinlikni bitta kattaroq toblatmalarga mo'ljallangan qolipda pishiring, biz ularni 4 ta kichkina idishlar (kokotnitsa)larda pishirib oldik.
Kattaroq qolipda esa ularni sal uzoqroq, ya'ni 7-8 daqiqa davomida pishirasiz.
Bu shirinlikni issiqligida, muzqaymoq bilan tortishni taklif qilamiz. Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
400 gramm danagidan tozalangan olcha | |
100 gramm sariyog' | |
2-3 osh qoshiq shakar | |
100 gramm shakar upasi | |
200 gramm un | |
1 choy qoshiq vanil ekstrakti | |
bir chimdim tuz | |
ta'bga qarab muzqaymoq |