Videoretsept: «San-Sebastyan» shokoladli chizkeyk
Masalliqlar:
-
500 gramm tvorogli pishloq
-
100 gramm shakar
-
0,5 choy qoshiq vanilin
-
3 ta tuxum
-
350 gramm 35 %li yog'li qaymoq
-
15 gramm makkajo'xori kraxmali
-
35 gramm kakao
Yo’nalishlar
Klassik San-Sebastyan chizkeykining shokoladli turi. Shokolad, tvorogli pishloq – ajoyib uyg’unlik. Oson tayyorlanadigan tayyorlash usuli.
Xozirgi kunda bozor va supermarketlarda tvorogli pishloq topish oson – turli-xil brendlar, har-xil narxda. Bu retsept uchun peshtaxtalarda ko’rsatilgan barcha turlari to’g’ri keladi. Biz yangi ta’m va nomlarda qo’rqmasdan, ta’tib ko’rib, o’zingiz uchun eng yaxshisini tanlashingizni tavsiya etamiz.
Tayyor taomning taxminiy narxi – 85 000 so’m.
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.
Masalliqlar:
500 gramm tvorogli pishloq | |
100 gramm shakar | |
0,5 choy qoshiq vanilin | |
3 ta tuxum | |
350 gramm 35 %li yog'li qaymoq | |
15 gramm makkajo'xori kraxmali | |
35 gramm kakao |
Xona haroratidagi tvorogli pishloqni shakar bilan aralashtiramiz.
Biz chizkeyk uchun Kalleh brendi tvorogli pishlog’ini ishlatdik, siz esa istagan brendingizni ishlatishingiz mumkin, asosiysi - pishloqli tvorog bo’lishi kerak. Misol uchun, biz qanday turlar borligini eng yaqin supermarketda rasmga oldik:
Bittadan tuxumni qo’shamiz va ko’pirtiramiz.
Qaymoq qo’shib, aralashtiramiz.
Vanilin, kakao, kraxmal qo’shib, bir-xil xolatga kelguncha aralashtiramiz.
Ochiladigan qolipga ikki qavat pergamnet qog’ozi solib, ustiga massani quyamiz. Ustini tekkislab olamiz.
190С gacha qizdirilgan pechga 25 daqiqaga qo’yamiz. Undan keyin 230C darajagacha kp’tarib, yana 10 daqiqa davomida pishiramiz.
Qolipni pechdan chiqaramiz, unga tekkaningizda biroz titrashi kerak. Xona haroratida sovutgani qoldiramiz, keyin 6-7 soatga sovutgichga qo’yamiz.
Masalliqlar:
500 gramm tvorogli pishloq | |
100 gramm shakar | |
0,5 choy qoshiq vanilin | |
3 ta tuxum | |
350 gramm 35 %li yog'li qaymoq | |
15 gramm makkajo'xori kraxmali | |
35 gramm kakao |