fbpx
Batafsil fotoretsept: qizil loviyalik salat

Batafsil fotoretsept: qizil loviyalik salat

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Oson, foydali va mazzali, tez tayyorlanadigan mayonezsiz salat. Salat vitaminlarga boy va juda to’yimli. Uni garnir bilan yoki o’zini iste’mol qilish mumkin. 

Tayyor taomning taxminiy narxi – 30 000 so’m. 

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
400 gramm qaynatilgan qizil loviya
1 ta qizil bulg'or qalampiri
1 ta yashil bulg'or qalampiri
2 ta qizil sabzi
2 ta pomidor
1 ta piyoz
3 dona sarimsoqpiyoz tishchasi
1 bog' kashnich
3 choy qoshiq tuz
2 choy qoshiq shakar
1 choy qoshiq kashnich urug'i
1 choy qoshiq yanchilgan achchiq qalampir
2 choy qoshiq 9% li sirka
80 millilitr o'simlik yog'i
Qadam 1
Tugallandi

Barcha masalliqlarni tayyorlaymiz.

Qadam 2
Tugallandi

Loviyani qaynatamiz, yoki konservalangan ishlatamiz.
Biz konservalangan ishlatdik.

Qadam 3
Tugallandi

Konservalangan loviyani sovuq suvda yuvib, durshlakda suvini tushiramiz.

Qadam 4
Tugallandi

Pomidorni kubik shaklida to’g’raymiz. Bulg’or qalampirini ingichka somoncha shaklida to’g’raymiz.

Qadam 5
Tugallandi

Sabzini qirg’ichdan chiqaramiz. Piyozni ingichka yarim halqa shaklida to’g’raymiz.

Qadam 6
Tugallandi

Ko’katni maydalaymiz, sarimsoqpiyozni pressdan chiqaramiz.

Qadam 7
Tugallandi

Katta salat uchun idishga loviya, bulg’or qalampiri, pomidor, sabzi, ko’kat, sarimsoqpiyoz, ziravorlar va shakarni solamiz.

Qadam 8
Tugallandi

Tovada o’simlik yog’ida piyoz qovuramiz. O’rtacha olovda 5-6 daqiqa davomida qizartirib qovuramiz.

Qadam 9
Tugallandi

Piyozni yog’i bilan birga masalliqlarga qo’shamiz.

Qadam 10
Tugallandi

Sirka qo’shib salatni aralashtiramiz.

Qadam 11
Tugallandi

Tayyor salatni 20-30 daqiqaga sovutgichga qo’yamiz.

Yoqimli ishtaha!

  • 25 daqiqa
  • Portsiya 4
  • Oddiy

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
400 gramm qaynatilgan qizil loviya
1 ta qizil bulg'or qalampiri
1 ta yashil bulg'or qalampiri
2 ta qizil sabzi
2 ta pomidor
1 ta piyoz
3 dona sarimsoqpiyoz tishchasi
1 bog' kashnich
3 choy qoshiq tuz
2 choy qoshiq shakar
1 choy qoshiq kashnich urug'i
1 choy qoshiq yanchilgan achchiq qalampir
2 choy qoshiq 9% li sirka
80 millilitr o'simlik yog'i
oldingi
Batafsil fotoretsept: rezavor mevali jele bilan biskvit tort
keyingi
Gulkaram va qizil bulg’ordan oladya

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.