fbpx
Videoretsept: klassik neapolitan pitsasi

Videoretsept: klassik neapolitan pitsasi

Taomlari:

Masalliqlar:

  • Xamir uchun

  • Sous uchun

Yo’nalishlar

Bu tayyorlash usuli o’tinlik pechda pishiriladigan haqiqiy neapolitan pitsasiga juda yaqin. Pitsa juda mazali va ziravorlar tufayli xushbo’y. Xamir chekkalari qizarib qirsillab pishadi.

Bu pitsaning asosiy siri – yaxshi qizdirilgan pechda gaz pechi patnisining orqa qismida pishirilishidadir. 

Tayyor taomning taxminiy narxi – 25 000 so’m. 

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
Xamir uchun
600 gramm un
400 millilitr iliq suv
15 gramm quruq xamirturush
2 choy qoshiq tuz
1 choy qoshiq shakar
Sous uchun
3 ta pomidor
1 ta piyoz
3 dona sarimsoq piyoz
2 osh qoshiq pomidor pastasi
2 choy qoshiq tuz
2 choy qoshiq shakar
1 choy qoshiq oregano
1 choy qoshiq quritilgan rozmarin
1 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika)
250 gramm pitsaga mo'ljallangan motsarella pishlog'i
30 millilitr zaytun yoki o'simlik yog'i
Qadam 1
Tugallandi

Xamir tayyorlaymiz

Iliq suvda xamirturush va shakarni eritib, 10 daqiqaga issiq joyga qo’yamiz. Bu vaqt mobaynida opara ustida «qalpoqcha» hosil bo’lishi kerak.

Qadam 2
Tugallandi

Katta idishga unni elaymiz, unga tuz va oparani qo’shamiz. 5-7 daqiqa davomida, qo’lga yopishmaydigan holgacha xamir qoramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Xamirni 3 ta teng bo’lakka bo’lamiz. Shar shakliga keltirib, ustini sochiq bilan berkitib 1-2 soatga iliq joyga qo’yamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Qayla tayyorlaymiz

Pomidorlarni ustini biroz kesib, 2-3 daqiqaga qaynoq suvga solamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Pomidor po’stlog’ini archib, mayda kubik shaklida to’g’raymiz.

Qadam 6
Tugallandi

Tovada o’simlik yog’ini qizdiramiz va past olovda mayda to’g’ralgan sarimsoqni qovuramiz, so’ngra mayda to’g’ralgan piyoz solib 3 daqiqa davomida qovuramiz.

Qadam 7
Tugallandi

Mayda to’g’ralgan pomidor va pomidor pastasini qo’shib yaxshilab aralashtiramiz.

Qadam 8
Tugallandi

Shakar va ziravorlarni qo’shamiz. Aralashtirib, past olovda 20-25 daqiqa davomida qaynatamiz.

Qadam 9
Tugallandi

Pechni maksimal darajagacha (250-270°С) qizdiramiz. Pech patnisini aylantirib qizdirgani, pechga 20-25 daqiqaga qo’yamiz.

Qadam 10
Tugallandi

Xamirni qo’lda yoyib, ustiga pomidorlik qaylani surtamiz. 1 osh qoshiq zaytun yog’i va motsarella pishlog’ining katta bo’laklarini terib chiqamiz.

Qadam 11
Tugallandi

Pitsani aylantirilgan pech patnisiga (patnisning orqa qismiga) qo’yamiz, bunda devorsiz tekkis sirt hosil bo’ladi. Patnisni pechning eng pastiga qo’yib, 5 daqiqa davomida, tagi qizarguncha pishiramiz.

Qadam 12
Tugallandi

So’ngra patnisni pechning yuqori qismiga ko’tarib 3-4 daqiqa davomida chetlarini qizartirib pishiramiz.

Qadam 13
Tugallandi

Pitsani issiqligida iste’mol qilgan ma’qul. Uni rayhon barglari bilan bezatish mumkin.

Yoqimli ishtaha!

  • 2 soat
  • Portsiya 8
  • O’rtacha
  • 270C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
Xamir uchun
600 gramm un
400 millilitr iliq suv
15 gramm quruq xamirturush
2 choy qoshiq tuz
1 choy qoshiq shakar
Sous uchun
3 ta pomidor
1 ta piyoz
3 dona sarimsoq piyoz
2 osh qoshiq pomidor pastasi
2 choy qoshiq tuz
2 choy qoshiq shakar
1 choy qoshiq oregano
1 choy qoshiq quritilgan rozmarin
1 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika)
250 gramm pitsaga mo'ljallangan motsarella pishlog'i
30 millilitr zaytun yoki o'simlik yog'i
oldingi
Videoretsept: klassik ratatuy
keyingi
Videoretsept: dolchin va shokoladli bulochkalar

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.