Videoretsept: qumoq xamirdan smetannik
Masalliqlar:
-
qumoqli asosi uchun
-
200 gramm un
-
2 osh qoshiq shakar
-
1 choy qoshiq qabartma (razrixlitel)
-
1 choy qoshiq vanil shakari
-
100 gramm Maselkodan "Украинский" margarini
-
1 ta tuxum
-
smetanali asosi uchun
-
4 ta tuxum
-
100 gramm shakar
-
1 choy qoshiq vanil shakari
-
600 gramm smetana
Yo’nalishlar
Bugun mayin vanil isiga ega nachinkalli, qumoq xamirdan smetannik tayyorlashni maslahat beramiz. Smetanali nachinkaning mayin ta’mi, qarsildoq qumoq asos bilan ajoyib tarzda uyg’unlashadi.
Bunday smetannikni nonushta yoki tushlikdan keyingi yengil tanovvul uchun tayyorlash mumkin.
Tayyor taomning taxminiy narxi – 25 000 so’m. *
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
Masalliqlar:
qumoqli asosi uchun |
|
200 gramm un | |
2 osh qoshiq shakar | |
1 choy qoshiq qabartma (razrixlitel) | |
1 choy qoshiq vanil shakari | |
100 gramm Maselkodan "Украинский" margarini | |
1 ta tuxum | |
smetanali asosi uchun |
|
4 ta tuxum | |
100 gramm shakar | |
1 choy qoshiq vanil shakari | |
600 gramm smetana |
Qumoqli asosini tayyorlab olamiz:
Idishga un, shakar, qabartma va vanil shakari solib, aralashtiramiz.
So'ngra margarinni qirg'ichdan o'tkazib, qo'lda ishqalab, qumoq shakliga keltiramiz.
Unli massaga tuxum solib, xamir qoramiz. Ustini yopishqoq plyonka bilan yopib, 30 daqiqaga muzlatgichga yuboramiz.
Smetanali asosini tayyorlaymiz:
Idishga tuxum, shakar va vanil shakari solib, mikser yordamida ko'pirtiramiz. So'ngra smetana solib, mikserda yana yaxshilab ko'pirtiramiz.
Stolga un sepib, xamirni 0,5 sm qalinlikda yoyib olamiz.
Yoyilgan xamirni 25 smli diametrga ega qolipga joylashtiramiz.
Maslahat: qolipni yog'lab, un sepish kerak.
Xamirga smetanali massani quyib, 160 C darajada qizdirilgan gaz pechiga 45-50 daqiqaga yuboramiz.
Yoqimli ishtaha!
Telegram kanalga a'zo bo'ling: Maselko
Reklama huquqi asosida
Masalliqlar:
qumoqli asosi uchun |
|
200 gramm un | |
2 osh qoshiq shakar | |
1 choy qoshiq qabartma (razrixlitel) | |
1 choy qoshiq vanil shakari | |
100 gramm Maselkodan "Украинский" margarini | |
1 ta tuxum | |
smetanali asosi uchun |
|
4 ta tuxum | |
100 gramm shakar | |
1 choy qoshiq vanil shakari | |
600 gramm smetana |