fbpx
Qaymoqli qayladagi qo’ziqorinli pasta

Qaymoqli qayladagi qo’ziqorinli pasta

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Agar siz o’z oilangizni g’ayrioddiy tushlik yoki kechki ovqat bilan ajablantirmoqchi bo’lsangiz, qaymoqli qayladagi qo’ziqorin va quritilgan pomidorli pasta tayyorlashni taklif qilamiz.

Ushbu taom tarkibi past yog’ga ega bo’lib, ammo shunga qaramay juda mazali va xushbo’y bo’lib chiqadi.
Tayyor taomning taxminiy narxi – 45 000 so’m. *

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
250 gramm xohlagan turdagi pasta
250-300 gramm shampinyon
1 osh qoshiq sariyog'
2 osh qoshiq o'simlik yog'i
100 gramm piyoz
2 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
200 gramm quritilgan pomidor
1 osh qoshiq un
200 millilitr bulyon
ta'bga ko'ra tuz va murch
50 gramm pishloq
Qadam 1
Tugallandi

Qo'ziqorinni yuvib, qurtib, bo'laklarga bo'lamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Quritilgan pomidorlarni tasma shaklida to'g'raymiz.

Qadam 3
Tugallandi

Piyozni mayda yarim halqa shaklida to'g'raymiz. Sarimsoqpiyozni mayda qilib to'g'raymiz.

Qadam 4
Tugallandi

Tovaga 1 osh qoshiq o'simlik yog'i va sariyog' solamiz.

Qadam 5
Tugallandi

So'ngra qo'ziqorin solib, 7 daqiqa yumshagunicha qovuramiz. Tayyor qo'ziqorinni likopchaga solamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Shu tovaga 1 osh qoshiq o'simlik yog'i solib, piyoz solib, yumshagunicha qovuramiz(oltin rang bo'lishi kerak), so'ngra sarimsoqpiyoz solib, 1 daqiqa qovuramiz.

Qadam 7
Tugallandi

So'ngra un solib, 1 daqiqa qovuramiz.

Qadam 8
Tugallandi

Bulyon, quritilgan pomidor, tuz va murch solib, qaynatamiz. So'ngra o'rtacha olovda quyilgunicha pishiramiz.

Qadam 9
Tugallandi

Qaylaga qo'ziqorinlarni solib, 1-2 daqiqa qayla o'ziga qo'ziqorin ta'mini olishi uchun pishiramiz.

Qadam 10
Tugallandi

Pastani qadog'ida ko'satilganidek pishirib olamiz.

Qadam 11
Tugallandi

So'ngra qaylaga qaynatilgan pastani solib, aralashtiramiz va olovdan olamiz. Taomni idishga solib, qirg'ichdan o'tkazilgan pishloq bilan dasturxonga tortamiz.

Yoqimli ishtaha!

  • 40 daqiqa
  • Portsiya 2
  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
250 gramm xohlagan turdagi pasta
250-300 gramm shampinyon
1 osh qoshiq sariyog'
2 osh qoshiq o'simlik yog'i
100 gramm piyoz
2 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
200 gramm quritilgan pomidor
1 osh qoshiq un
200 millilitr bulyon
ta'bga ko'ra tuz va murch
50 gramm pishloq
oldingi
Kartoshka va marinadlangan bodringli salat
keyingi
Videoretsept: Olxo’rili marinadda pishirilgan tovuq qanotchalari

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.