fbpx
Turshak va yong’oqli pirog

Turshak va yong’oqli pirog

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Quritilgan mevalar va yong’oqli pirog – bu ajoyib ta’mga ega juda mazali va xushbo’y pirog. Qarsildoq xamir naqchinka bilan yaxshi mos keladi.

Shuning uchun, bu pirog bolalarga ham, kattalarga ham yoqadi.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 28 000 so’m. *

narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
1 ta tuxum
50 gramm shakar
1 osh qoshiq smetana
100 gramm yumshatilgan sariyog'
300 gramm un
1 choy qoshiq qabartma (razrixlitel)
250 gramm turshak
40 gramm yong'oq
0,5 choy qoshiq shakar
ustiga surtish uchun tuxum sarig'i+sut
Qadam 1
Tugallandi

Idishga tuxum, shakar, smetana va yumshatilgan sariyog' solib, aralashtiramiz.

Qadam 2
Tugallandi

So'ngra un va qabartmani elab solib, xamir qoramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Yopishqoq plyonkaga o'rab, 15-20 daqiqaga muzlatgichga yuboramiz.

Qadam 4
Tugallandi

Muzlatgichdan olib, pergament qog'ozi ustida un sepib, 0,3-0,5 sm qalinlikdagi dumaloq shaklida yoyamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Tekkis bo'lmagan chetlarini kesib tashlab, yonlarini kichik chiziqcha shaklida kesib chiqamiz. Rasmda ko'rsatilganidek cho'ntakchalar hosil qilib, pirog yonlarini tuxum sarig'i va sutli aralashma surtamiz.

Qadam 6
Tugallandi

So'ngra cho'ntakchalarga ozroq ezib, yong'oqlarni qo'yib chiqamiz.

Qadam 7
Tugallandi

O'rtasini turshakli nachinka bilan to'ldiramiz (go'shtmaydalagichdan o'tkazamiz yoki mayda qilib to'g'raymiz). Ustiga shakar va maydalangan yong'oq sepamiz.

Qadam 8
Tugallandi

180 C darajada qizdirilgan gaz pechiga 30 daqiqaga yuboramiz.

Yoqimli ishtaha!

  • 1 soat 10 daqiqa
  • Portsiya 6
  • O’rtacha
  • 180 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
1 ta tuxum
50 gramm shakar
1 osh qoshiq smetana
100 gramm yumshatilgan sariyog'
300 gramm un
1 choy qoshiq qabartma (razrixlitel)
250 gramm turshak
40 gramm yong'oq
0,5 choy qoshiq shakar
ustiga surtish uchun tuxum sarig'i+sut
oldingi
Videoretsept: go’shtli yupqa
keyingi
Tovuqli pasta

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.