Videoretsept: bayramona osh va ayron
Masalliqlar:
-
osh uchun
-
800 gramm mol go'shti lahm
-
200 gramm dumba
-
200 gramm piyoz
-
800 gramm sariq sabzi
-
200 gramm qizil sabzi
-
1 kilogramm "lazer" guruchi
-
300 millilitr o'simlik yog'i
-
200 gramm osh uchun kishmish
-
200 gramm ivitilgan no'xat
-
1 choy qoshiq qora murch donachalari
-
2 choy qoshiq zira
-
1 choy qoshiq zarchava
-
ta'bga ko'ra tuz
-
1 litr toza ichimlik suvi
-
10 ta qaynatilgan bedana tuxumibezak uchun
-
ayron uchun
-
500 gramm suzma
-
bir nechta yalpiz (myata) shoxchalari
-
bir nechta yashil rangli rayxon shoxchalari
-
200 gramm nordon yashil olma
-
ta'bga ko'ra tuz
-
300-500 millilitr toza ichimlik suvi
Yo’nalishlar
Ushbu palovni «Bayramona» deb atashlari bejizga emas – axir bu taom bayramona dasturxonga to’liq loyiqdir. Ammo palovni mazali qilb pishirish uchun siz bir nechta sirlarni bilib olishingiz kerak.
Hamma biladigan qoidalarga qo’shimcha ravishda, masalan, go’sht, guruch va sabzi teng miqdorda bo’lishi kerak. Palov ta’mida suv juda katta rol o’ynaydi, suv qanchalik toza va mazali bo’lsa, bizning palovimiz shunchalik mazali bo’lib chiqadi.
Oshxonadagi suv tizimi – GROHE Blue Pure sizning taomlaringizga toza va tabiiy lazzat bag’ishlaydigan filtrlangan suv taqdim etuvchi oshxonangizdagi eng yaxshi do’stdir.
Oshxonada to’g’ridan-to’g’ri filtrlangan suv ta’minotiga ega bo’lgan holda, siz to’g’ridan-to’g’ri jo’mrakdan suv quyib, ichimliklar tayyorlashingiz mumkin.
Tayyor taomning taxminiy narxi – 150 000 so’m. *
narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
Masalliqlar:
osh uchun |
|
800 gramm mol go'shti lahm | |
200 gramm dumba | |
200 gramm piyoz | |
800 gramm sariq sabzi | |
200 gramm qizil sabzi | |
1 kilogramm "lazer" guruchi | |
300 millilitr o'simlik yog'i | |
200 gramm osh uchun kishmish | |
200 gramm ivitilgan no'xat | |
1 choy qoshiq qora murch donachalari | |
2 choy qoshiq zira | |
1 choy qoshiq zarchava | |
ta'bga ko'ra tuz | |
1 litr toza ichimlik suvi | |
10 ta qaynatilgan bedana tuxumi | |
ayron uchun |
|
500 gramm suzma | |
bir nechta yalpiz (myata) shoxchalari | |
bir nechta yashil rangli rayxon shoxchalari | |
200 gramm nordon yashil olma | |
ta'bga ko'ra tuz | |
300-500 millilitr toza ichimlik suvi |
Osh tayyorlaymiz:
Hamma mahsulotlarni tayyorlab olamiz. Piyozni yarim halqa shaklida, sabzini somoncha shaklida to'g'raymiz. Dumba va go'shtni esa katta bo'laklarga bo'lamiz.
Qozonda o'simlik yog'ini qizdirib, birinchi bo'lib dumbani qizartirib qovurib olamiz (2-3 daqiqa).
So'ngra qozondan olib, chetga olib qo'yamiz.
Qozonga go'sht bo'laklarini solib, qizartirib qovuramiz. Piyoz solib, birgalikda 2-3 daqiqa qovuramiz va ozroq tuz solamiz.
Qozonga sabzining 1/3 qismini solib, go'sht kuyib ketmasligi uchunn qozon tagidagi go'shtni sabzi ustiga chiqaramiz.
So'ngra qolgan sabzini ham solamiz.
Olovini pasaytirib, qozon qopqog'ini yopgan holda 10 daqiqa pishiramiz.
Suv quyib, kishmish, zarchava, zira, tuz va murch donachalarini solamiz. Qaynab chiqqanidan so'ng, o'rtacha olovda 40-45 daqiqa pishiramiz.
Guruchni 5-6 marotaba yaxshilab yuvib, oxirida toza suv qoldirib, 1 choy qoshiq tuz solamiz va 20 daqiqaga suvga bo'ktirib qo'yamiz.
Tayyor bo'lgan zirvakka dumbani solib, ustidan guruchni suvini to'kkan holda solamiz. O'rtacha olovda 2 daqiqa pishirib, so'ngra kapkir yordamida guruchni o'giramiz va yana 2 daqiqa pishiramiz.
So'ngra guruchni o'rtaga to'plab, zira sepamiz. Qozon qopqog'ini yopib, olovini pasaytiramiz va 10-15 daqiqa pishiramiz.
Osh tayyor bo'lgnida ichidan go'sht va dumbani olib, bo'laklarga bo'lamiz.
Oshni laganga suzib, ustiga go'sht, dumba va bedana tuxumlarini ikkiga bo'lib, terib chiqamiz.
Ayron tayyorlaymiz:
Suzmaga mayda to'g'ralgan ko'katlar, olma va bir chimdim tuz solamiz.
Suv solib, yaxshilab aralashtiramiz. Ayronni 30 daqiqaga muzlatgichga tinishi uchun yuboramiz.
Yoqimli ishtaha!
Brendning Facebookdagi rasmiy sahifasi: @groheUZ
Instagramdagi rasmiy sahifasi: groheuzbekistan
reklama huquqi asosida
Masalliqlar:
osh uchun |
|
800 gramm mol go'shti lahm | |
200 gramm dumba | |
200 gramm piyoz | |
800 gramm sariq sabzi | |
200 gramm qizil sabzi | |
1 kilogramm "lazer" guruchi | |
300 millilitr o'simlik yog'i | |
200 gramm osh uchun kishmish | |
200 gramm ivitilgan no'xat | |
1 choy qoshiq qora murch donachalari | |
2 choy qoshiq zira | |
1 choy qoshiq zarchava | |
ta'bga ko'ra tuz | |
1 litr toza ichimlik suvi | |
10 ta qaynatilgan bedana tuxumi | |
ayron uchun |
|
500 gramm suzma | |
bir nechta yalpiz (myata) shoxchalari | |
bir nechta yashil rangli rayxon shoxchalari | |
200 gramm nordon yashil olma | |
ta'bga ko'ra tuz | |
300-500 millilitr toza ichimlik suvi |
2 Sharhlar Hide Comments
Bu usulda hech tayyorlab ko’rmaganman! Albatta shu usulda osh tayyorlab ko’raman! Batafsil video retsept uchun rwhmat
Bu usulda hech tayyorlab ko’rmaganman! Albatta shu usulda osh tayyorlab ko’raman! Batafsil video retsept uchun rahmat