fbpx
Avokadoli bruskettalar

Avokadoli bruskettalar

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Avokadodan tayyorlanilgan bruskettalar italyan oshxonasining eng sevimli yeguliklaridan biri hisoblanadi.

Asos sifatida esa xohlagan mahsulotlaringizdan solishingiz ham mumkin. Chiabatta nonlari esa bunday bruskettalarga o’zgacha maza bag’ishlaydi.

Masalliqlar:

6-8 bo'lak chiabatta
3-4 osh qoshiq tvorogli pishloq
2 dona avokado
1 dona tuxum
4 dona dumaloq motsarella pishlog'i
3-4 dona pomidor cherry
100 gramm feta pishlog'i
sepish uchun zig'ir urug'chalari
ta'bga qarab tuz va murch
ozroq ko'katlar
1 osh qoshiq zaytun moyi
bir nechta tomchi limon sharbati
Qadam 1
Tugllandi

Chiabatta nonini bo'laklarga bo'lamiz. Ozroq zaytun yog'idan sepib, tovada qizartirib qovurib olamiz.

Qadam 2
Tugllandi

Avokadoni po'stini archib, danagini olib tashlaymiz.

Sanchiqda ezib, tuz va murch sepib aralashtiramiz.

Ozroq zaytun yog'i va limon sharbatidan sepamiz.

Qadam 3
Tugllandi

Non bo'laklariga yupqa qilib tvorogli pishloqdan surtamiz, so'ng esa avokadoli pyuredan surtamiz.

Qadam 4
Tugllandi

So'ng ustini xohishga qarab bezatasiz:

- tuxumli pashotdan brusketta.
- cherri pomidori va motsarella pishlog'idan brusketta. Rayhon va pesto qaylasi bilan birga tortish mumkin.
- Feta pishlog'i va avokado bo'lakchalaridan brusketta.
- Feta pishlog'i va qovoq urug'laridan brusketta.
- avokado bo'lakchalaridan brusketta.

Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

6-8 bo'lak chiabatta
3-4 osh qoshiq tvorogli pishloq
2 dona avokado
1 dona tuxum
4 dona dumaloq motsarella pishlog'i
3-4 dona pomidor cherry
100 gramm feta pishlog'i
sepish uchun zig'ir urug'chalari
ta'bga qarab tuz va murch
ozroq ko'katlar
1 osh qoshiq zaytun moyi
bir nechta tomchi limon sharbati
oldingi
Kartoshka va qo’ziqorinli toblatma
keyingi
Videoretsept: Qaynatilgan kremli pechenyelar

Fikringiz