Korn-doglar
Masalliqlar:
-
10 dona sosiska
-
300 gramm makkajo'xorining uni
-
120 gramm bug'doy uni
-
0,5 choy qoshiq tuz
-
1 ta tuxum
-
1 choy qoshiq qabartma (razrixlitel)
-
1 choy qoshiq o'simlik yog'i
-
1 choy qoshiq asal
-
400-450 millilitr sut
-
20 ta taxta tayoqchalar
-
300 millilitr o'simlik yog'iqovurish uchun
Yo’nalishlar
Korn-dog – uyda osonlikcha tayyorlasa bo’ladigan amerikaning mashhur fast foodlaridan biri.
Fast-food foydali taom bo’lmasa ham, bunday korn-doglar oilangizni noodatiy yegulik bilan siylashingizga arziydi.
Tayyor taomning taxminiy narxi – 43 000 so’m. *
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
Masalliqlar:
10 dona sosiska | |
300 gramm makkajo'xorining uni | |
120 gramm bug'doy uni | |
0,5 choy qoshiq tuz | |
1 ta tuxum | |
1 choy qoshiq qabartma (razrixlitel) | |
1 choy qoshiq o'simlik yog'i | |
1 choy qoshiq asal | |
400-450 millilitr sut | |
20 ta taxta tayoqchalar | |
300 millilitr o'simlik yog'i |
Idishga makkajo'xori va bug'doy uni, tuz va qabartma solib, aralashtiramiz.
Boshqa idishda tuxumni o'simlik yog'i va asal bilan ko'pirtiramiz va sut solamiz.
Aralashgan quruq mahsulotlarga suyuq mahsulotlarni solib, aralashtirib quymoq xamiriga o'xshash xamir hosil qilamiz.
Maslahat: agar xamir quyuq bo'lsa, sut, agar suyuq bo'lib ketsa makkajo'xori unini solamiz.
Tovani gazga qo'yib, o'simlik yog'ini quyamiz va qizdiramiz.
Maslahat: chuqur kastrulyadan foydalansa ham bo'ladi.
Sosiskalarni o'rtadan bo'lib, taxta tayoqchalarga tiqib chiqamiz.
Tayoqchadan ushlab, sosiskalarni xamirga botirib, sekingina olamiz va ortiqcha xamirni oqqizib yuboramiz. So'ngra qizigan yog'ga solamiz.
Maslahat: korn-doglar pishayotganida tova tagiga tegmasligi kerak va uni pishirayotganda, aylantirib pishirsa, har tomonlama qizarib pishadi.
Masalliqlar:
10 dona sosiska | |
300 gramm makkajo'xorining uni | |
120 gramm bug'doy uni | |
0,5 choy qoshiq tuz | |
1 ta tuxum | |
1 choy qoshiq qabartma (razrixlitel) | |
1 choy qoshiq o'simlik yog'i | |
1 choy qoshiq asal | |
400-450 millilitr sut | |
20 ta taxta tayoqchalar | |
300 millilitr o'simlik yog'i |