Qumoq xamirdan tayyorlangan jem va bezeli pirog
Masalliqlar:
-
xamiri uchun
-
3 ta tuxum sarig'i
-
180 gramm shakar
-
230 gramm sariyog' yoki margarin
-
100 gramm smetana
-
1 choy qoshiq vanil shakari
-
2 choy qoshiq qabartma (razrixlitel)
-
440 gramm un
-
merengasi uchun
-
5 ta tuxum oqi
-
250 gramm shakar
-
nachinkasi uchun
-
400 gramm quyuq jem
-
100 gramm yong'oq
Yo’nalishlar
Qumoq xamirdan tayyorlangan bezeli pirogning ko’rinishi shunchalik g’ayrioddiy-ki, hatto oddiy kunni ham bayramga aylantirib yubora oladi. Uning retsepti juda oddiy, ammo ayrim narsalarni bilib olish kerak.
Mayin xamir va yaxshilab ko’pirtirilgan merenga – shirinlikni muvaffaqiyatli chiqishinning kalitidir.
Tayyor taomning taxminiy narxi – 57 000 so’m. *
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
Masalliqlar:
xamiri uchun |
|
3 ta tuxum sarig'i | |
180 gramm shakar | |
230 gramm sariyog' yoki margarin | |
100 gramm smetana | |
1 choy qoshiq vanil shakari | |
2 choy qoshiq qabartma (razrixlitel) | |
440 gramm un | |
merengasi uchun |
|
5 ta tuxum oqi | |
250 gramm shakar | |
nachinkasi uchun |
|
400 gramm quyuq jem | |
100 gramm yong'oq |
Xamir tayyorlaymiz:
Chuqur idishda shakar, tuxum sarig'i, vanil shakari va xona haroratidagi sariyog'ni mikser yordamida ko'pirtirib olamiz.
Smetana solib, yana bir marotaba aralashtirib olamiz.
Unni qabartma bilan aralashtirib, hosil bo'lgan massaga qo'shamiz va yumshoq xamir qoramiz.
Ustini yopishqoq plyonka bilan yopib, chetga olib qo'yamiz.
Merenga tayyorlaymiz:
Tuxum oqiga bir chimdim tuz solib, ko'pik hosil bo'lgunicha ko'pirtiramiz.
Ko'pirtirishni davom etgan holda, oz-ozdan shakar solamiz.
Umumiy ko'pirtirish vaqti 10-15 daqiqani tashkil etadi. Massa qattiq va yaltirab turadigan bo'lishi lozim.
Ko'pirtirilgan merengani "ochiq yulduz" shakliga ega konditer qopchasiga solamiz.
Xamirni ikkita pergament qog'ozi o'rtasida 0,5 sm qalinlikda yoyamiz. Uning kattaligi gaz pechi patnisi kattaligida bo'lishi lozim.
Xamirni gaz pechi patnisiga qo'yib, ustiga jem surtamiz, so'ngra o'rtacha bo'laklarga bo'lingan yong'oqlarni sepamiz.
Jem va yong'oqlar ustiga merengani quyib chiqamiz.
Pirogni 175 C darajada qizdirilgan gaz pechiga 45-50 daqiqaga yuboramiz. 15 daqiqadan so'ng beze qizarib ketmasligi uchun pirog ustini folga bilan yopamiz.
Masalliqlar:
xamiri uchun |
|
3 ta tuxum sarig'i | |
180 gramm shakar | |
230 gramm sariyog' yoki margarin | |
100 gramm smetana | |
1 choy qoshiq vanil shakari | |
2 choy qoshiq qabartma (razrixlitel) | |
440 gramm un | |
merengasi uchun |
|
5 ta tuxum oqi | |
250 gramm shakar | |
nachinkasi uchun |
|
400 gramm quyuq jem | |
100 gramm yong'oq |