Sersuv go’shtli nachinkaga ega chebureklar
Masalliqlar:
-
xamiri uchun
-
800 gramm un
-
200 millilitr suv
-
200 millilitr sut
-
1 ta tuxum
-
2 choy qoshiq tuz
-
bir chimdim shakar
-
qovurish uchun o'simlik yog'i
-
nachinkasi uchun
-
500 gramm mol go'shtidan qiyma
-
1 ta pomidor
-
bir nechta kashnich shoxchalari
-
ta'bga ko'ra tuz
Yo’nalishlar
Chebureklar… Ular haqida nima deyish mumkin? Faqatgina tayyorlab, ta’tib ko’rish kerak holos! Ushbu retsept bo’yicha tayyorlangan chebureklar – sersuv, mazali, yumshoq va qarsildoq bo’lib pishadi.
Bu juda mazali! Bunday taomni dam olish kunlarida tayyorlab, oila a’zolaringizni xursand qilsangiz bo’ladi.
Tayyor taomning taxminiy narxi – 50 000 so’m. *
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
Masalliqlar:
xamiri uchun |
|
800 gramm un | |
200 millilitr suv | |
200 millilitr sut | |
1 ta tuxum | |
2 choy qoshiq tuz | |
bir chimdim shakar | |
qovurish uchun o'simlik yog'i | |
nachinkasi uchun |
|
500 gramm mol go'shtidan qiyma | |
1 ta pomidor | |
bir nechta kashnich shoxchalari | |
ta'bga ko'ra tuz |
Nachinka tayyorlaymiz:
Pomidorlarni to'rtburchak shaklida tog'raymiz, ko'katni mayda qilib to'g'raymiz.
Qiymaga pomidor, ko'kat va tuz solib, aralashtiramiz.
Xamir tayyorlaymiz;
Illiq suvga sut, shakar va tuz solamiz. Aralashtiramiz.
Un ustida chuqurcha hosil qilib, sutli massani quyib, tuxum solamiz va xamir qoramiz. Xamirni yopishqoq plyonkaga o'rab, 20 daqiqaga chetga olib qo'yamiz.
Xamirni 30-35 gramm keladigan bo'laklarga bo'lamiz va 0,3-0,4 sm qalinlikdagi dumaloq shaklida yoyamiz.
Dumaloqning yarimiga nachinka solib, ustini ikkinchi yarimi bilan yopamiz. Chetlarini mahkamlab, ortiqchasini naqshli pichoq yordamida kesib tashlaymiz.
Tagi chuqur idishda yog'ni qizdirib, chebureklarni o'rtachadan balandroq olovda qizargunicha qovurib olamiz.
Maslahat: chebureklar qovurilayotganida yog'da suzib yurishi, tova tagida turmasligi zarur.
Masalliqlar:
xamiri uchun |
|
800 gramm un | |
200 millilitr suv | |
200 millilitr sut | |
1 ta tuxum | |
2 choy qoshiq tuz | |
bir chimdim shakar | |
qovurish uchun o'simlik yog'i | |
nachinkasi uchun |
|
500 gramm mol go'shtidan qiyma | |
1 ta pomidor | |
bir nechta kashnich shoxchalari | |
ta'bga ko'ra tuz |