fbpx
Videoretsept: sabzavotlar bilan pishirilgan tovuq sonlari

Videoretsept: sabzavotlar bilan pishirilgan tovuq sonlari

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Gaz pechida sabzavot va tovuq sonlarili taom pishirish – bu juda maroqlidir. Ushbu retseptdan ko’pincha bayram dasturxoni uchun foydalanishadi – qulay va muammosiz.

Minimal kuch, minimal vaqt va maksimal ijobiy his-tuyg’ular.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 70 000 so’m. *

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
1 kilogramm tovuq sonlari
1 ta Maselkodan marinad
200 gramm piyoz
300 gramm bulg'or qalampiri
200 gramm pomidor
3-4 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
300 gramm kartoshka
0,5 bog' shivit yoki kashnich
300 millilitr muzdek suv
Qadam 1
Tugallandi

Tovuq sonlarini yuvib, quritamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Sabzavotlarni po'stidan artib, yuvamiz va o'rtacha bo'laklarga bo'lamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Idishga tovuq va sabzavotlarni solib, marinad solamiz va aralashtiramiz. So'ngra muzlatgichga 25 daqiqaga olib qo'yamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Folgadan pishirish uchun qolipchalar hosil qilib, unga tovuq sonlari va sabzavotlarni solamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Ustini ham folga bilan yopamiz.

Qadam 6
Tugallandi

180-190 C darajada qizdirilgan gaz pechiga 1 soatga yuboramiz.

Yoqimli ishtaha!

Telegram kanalga a'zo bo'ling: Maselko

Reklama huquqi asosida

  • 1 soat 40 daqiqa
  • Portsiya 3
  • O’rtacha
  • 180 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
1 kilogramm tovuq sonlari
1 ta Maselkodan marinad
200 gramm piyoz
300 gramm bulg'or qalampiri
200 gramm pomidor
3-4 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
300 gramm kartoshka
0,5 bog' shivit yoki kashnich
300 millilitr muzdek suv
oldingi
Tovuqli pasta
keyingi
«Gulcha» olmali pirogi

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.