Videoretsept: limon va yalpizli pechenye
Masalliqlar:
-
2 ta limon
-
limon sedrasi
-
limon sharbati
-
15 gramm yalpiz (myata)
-
200 gramm shakar
-
430 gramm un
-
140 gramm smetana
-
250 gramm maselkadan "Konditer premium" margarini
-
2 ta tuxum sarig'i
-
10 gramm qabartma (razrixlitel)
-
ustiga surtish uchun tuxum
-
ustiga sepish uchun shakar upasi
Yo’nalishlar
Uyda tayyorlangan nozik tetiklantiruvchi ta’mga ega ushbu noodatiy xushbo’y pechenyelar yoqimli yalpiz ifori bilan to’yinib, shirin va uvalanuvchan bo’lib pishadi.
Pechenyelarni tayyorlash juda oson, umuman olganda, sizga faqatgina uyda mavjud bo’lgan oddiy masalliqlar va hoxush kerak bo’ladi halos.
Tayyor taomning taxminiy narxi – 30 000 so’m. *
narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
Masalliqlar:
2 ta limon | |
limon sedrasi | |
limon sharbati | |
15 gramm yalpiz (myata) | |
200 gramm shakar | |
430 gramm un | |
140 gramm smetana | |
250 gramm maselkadan "Konditer premium" margarini | |
2 ta tuxum sarig'i | |
10 gramm qabartma (razrixlitel) | |
ustiga surtish uchun tuxum | |
ustiga sepish uchun shakar upasi |
Smetanali aralashmani tayyorlaymiz:
Smetana, maydalangan yalpiz, 2 ta limon sedrasi va sharbatini aralashtiramiz.
Unga qabartma solib, aralashtiramiz.
Yumshatilgan margarinni yaxshilab ko'pirtirib, shakar solamiz va yana 5 daqiqa ko'pirtiramiz.
Smetanali aralashmani solib, aralashtiramiz. So'ngra un solib, yopishqoq xamir qoramiz.
Xamirni pazandachilik qopchasiga solamiz, ammo nasadka ulamaymiz. Pechenyelarni bir biridan uzoq qilib, 4-5 sm diametrda pergament qog'ozi bilan qoplangan gaz pechi patnisiga joylashtirib, chiqamiz. Pechenyelar ustini na'mlangan qo'l bilan tekkislab chiqishimiz mumkin.
Pechenyelarga ko'pirtirilgan tuxum surtib, 160 C darajada qizdirilgan gaz pechiga 20 daqiqaga qizargunicha yuboramiz. Sovugan pechenyelarga shakar upasi sepamiz.
Yoqimli ishtaha!
Telegram kanalga a'zo bo'ling: Maselko
Reklama huquqi asosida
Masalliqlar:
2 ta limon | |
limon sedrasi | |
limon sharbati | |
15 gramm yalpiz (myata) | |
200 gramm shakar | |
430 gramm un | |
140 gramm smetana | |
250 gramm maselkadan "Konditer premium" margarini | |
2 ta tuxum sarig'i | |
10 gramm qabartma (razrixlitel) | |
ustiga surtish uchun tuxum | |
ustiga sepish uchun shakar upasi |