fbpx
Batafsil fotoretsept: go’shtli kulebyaka

Batafsil fotoretsept: go’shtli kulebyaka

Masalliqlar:

  • xamiri uchun

  • asosi uchun

Yo’nalishlar

Ruscha kulebyaka pirogi – bu xamirturushli yumshoq xamirdan tayyorlangan to’yimli va juda mazali pishiriqdir. Qolaversa uni istalgan asos bilan pishirish mumkin.

Biz esa bu safar ushbu pirogni go’shtli qiyma bilan pishirib ko’rdik.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 45 000 so’m. *

narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
xamiri uchun
500 gramm un
200 millilitr sut
60 gramm "Домашнее застолье" margarini
12 gramm quruq xamirturush
1 osh qoshiq shakar
2 ta tuxum
asosi uchun
50 gramm o'simlik yog'i
400 gramm mol go'shtidan qiyma
100 gramm piyoz
ta'bga ko'ra tuz va murch
ustiga suritish uchun tuxum
ustiga sepish uchun kunjut
Qadam 1
Tugallandi

Xamir tayyorlaymiz:

Iliq sutga tuz, shakar va xamirturush solib, eritamiz. So'ngra 15 daqiqaga opara hosil bo'lishi uchun qoldiramiz.

Qadam 2
Tugallandi

Hosil bo'lgan oparaga eritilgan "Домашнее застолье" margarini va tuxumlarni solamiz.

Qadam 3
Tugallandi

So'ngra oz-ozdan un solib, oldin venchik yordamida, so'ngra qo'lda aralashtiramiz.

Qadam 4
Tugallandi

Yumshoq xamir qorib, ustini yopishqoq plyonka va sochiq bilan yopib, issiq joyga 1-1,5 soatga yuboramiz.

Qadam 5
Tugallandi

Asosini tayyorlaymiz:

Yog'ni qizdirib, mayda to'g'ralgan piyozni qovuramiz. So'ngra qiymani ham solamiz.

Suvi bug'lanib ketgunicha pishiramiz.

Tayyor asosni xona haroratiga kelgunicha sovutamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Oshgan xamirni 0,4-0,5 sm qalinlikda yoyamiz.

O'rtasiga uzunchoq qilib, asosini solamiz. Ustini xamirning bir tomoni bilan yopamiz.

Xamirning ikkinchi tarafini pichoqda tasmalarga kesib, pirog ustiga yopib chiqish mumkin.

Qadam 7
Tugallandi

Kulebyakaga tuxum surtib, kunjut sepamiz.

Qadam 8
Tugallandi

170-175 C darajada qizdirilgan gaz pechiga 40-45 daqiqaga yuboramiz.

Yoqimli ishtaha!

Instagram: Домашнее застолье
Сайт: www.dom-zastolye.uz

Reklama huquqi ostida

  • 120 daqiqa
  • Portsiya 6
  • O’rtacha
  • 160 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
xamiri uchun
500 gramm un
200 millilitr sut
60 gramm "Домашнее застолье" margarini
12 gramm quruq xamirturush
1 osh qoshiq shakar
2 ta tuxum
asosi uchun
50 gramm o'simlik yog'i
400 gramm mol go'shtidan qiyma
100 gramm piyoz
ta'bga ko'ra tuz va murch
ustiga suritish uchun tuxum
ustiga sepish uchun kunjut
oldingi
Videoretsept: qisqichbaqa tayoqchalaridan salat
keyingi
Videoretsept: mikroto’lqinli pechda pishirilgan nonushta – quymoq va desert

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.