fbpx
Videoretsept: uyda tayyorlangan qatlama pechenyelar

Videoretsept: uyda tayyorlangan qatlama pechenyelar

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Qatlama xamirdan pechenye tayyorlash umuman qiyinchilik tug’dirmaydi, pishirish jarayoni esa sizga zavq bag’ishlaydi.

Yetarlicha oson tayyorlanadigan ushbu nozik pishiriq, barcha yaqinlaringizga, shuningdek mehmonlarga ham yoqishi aniq.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 20 000 so’m. *

narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
250 gramm qatlamali xamirga mo'ljallangan margarin
2 osh qoshiq shakar
6 gramm quruq xamirturush
2 ta tuxum
500 gramm un
50 millilitr iliq suv
200 gramm shakar ustiga sepish uchun
Qadam 1
Tugallandi

Tuxum va 2 osh qoshiq shakarni mikser yordamida ko'pirtiramiz yoki sanchqida aralashtiramiz. Yumshatilgan margarin solib, yaxshilab ko'pirtiramiz. Xamirturush solib, aralashtiramiz.

Qadam 2
Tugallandi

Un solib, suv quyamiz. Yumshoq xamir qorib, issiq joyga 1 soatga xamir oshishi uchun yuboramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Oshgan xamirni 4 mm qalinlikda yoyib, ustiga shakar sepamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Xamirni konvert shaklida o'rab, ustiga sochiq yopamiz va 5 daqiqaga qoldiramiz.

Qadam 5
Tugallandi

So'ngra xamirni yana yoyib, shakar sepib, konvert shaklida o'raymiz va 5 daqiqaga qoldiramiz.

Qadam 6
Tugallandi

Xamirni 4-5 mm qalinlikda yoyib, yana shakar sepamiz va qolipcha yoki pichoq yordamida pechenyelarni kesib olamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Pechenyelarni gaz pechi patnisiga joylashtirib, 200 C darajada qizdirilgan gaz pechiga 20-25 daqiqaga yuboramiz.

Yoqimli ishtaha!

Telegram kanalga a'zo bo'ling: Maselko

Reklama huquqi asosida

  • 2 soat
  • Portsiya 6
  • O’rtacha
  • 200 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
250 gramm qatlamali xamirga mo'ljallangan margarin
2 osh qoshiq shakar
6 gramm quruq xamirturush
2 ta tuxum
500 gramm un
50 millilitr iliq suv
200 gramm shakar ustiga sepish uchun
oldingi
Mandie Pie tayyor aralashmasidan shokoladli pankeyklar
keyingi
Videoretsept: qisqichbaqa tayoqchalaridan salat

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.